Vakalaga asoslangan islomiy fondlar mexanizmi.
1. Mablag’ga ega va har qanday ko’rinishdagi shariat tomonidan yoqlangan biznesga investitsiya qilishni hohlovchi sarmoyador fond menejeri (yoki korxona) bilan vakala shartnomasini tuzushi mumkin. Bu holatda, shartnomaga ko’ra fond menejeri fond investorlari uchun vakil hisoblanib, ularning nomidan ish ko’radi.
2. Fond menejeri maxsus islomiy fond tuzadi va investorlar tomonidan egalik qilinadigan aksiyalar miqdoriga ko’ra ularning ushbu fonddagi ulushini belgilaydi. O’zining faoliyati uchun vakala to’lovi borasida kelishuv tuziladi. Odatda, ushbu to’lov jamg’armaning sof qiymatiga proporsinal ravishda uning ma’lum nisbatiga teng bo’ladi.
3. Foyda yoki yo’qotish faqatgina investorning zimmasida bo’ladi. Vakil uchun doimiy to’lov belgilanadi.
4. Fond menejeri shariat kengashi hamkorligida shariatga muvofiq keladigan biznes turlarini tanlaydi va ularga investitsiya kiritadi. Fond menejeri har qanday islomiy shartnoma (mudoraba, mushoraka, ijara va hakozo) ko’rinishida investitsiya qilishi mumkin.
5. Fond menejeri vakil vazifasini bajarganligi uchun foydadan o’zi uchun mablag’ ajratadi va qolgani investorlarga ularning ulushlariga ko’ra taqsimlaydi
6.Ko’plab vakala shartnomalarida agar foyda kutilganidan ham yuqori bo’lsa, ushbu qism vakilga berilishi mumkin
Dostları ilə paylaş: |