ISLOMIY FONDLARNING TURLARI
Islomiy fondlar, ularning mexanizmlari va strukturalari va shariat kengashi faoliyati va biznesni shar’iy jihatlardan tekshirish faoliyati bilan tanishgandan so’ng, endi islomiy fondlarning turlari bilan tanishamiz. Fondlar shariat tomonidan ma’qullangan turli ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin. Quyidagi bo’limda islomiy fondlarning asosiy tuzulish shakllari, xususiyatlari haqida ma’lumot keltirilgan
Ochiq fondlar
Bunday fondlarda fond menejeri tomonidan talabga mutanosib ravishda yangi aksiyalar chiqarilishi mumkin va fondning sarmoyadorlariga ham o’z ulushlarini tashqi – ushbu fond ishtirokchisi bo’lmagan investorlarga ham sotishga ruxsat beriladi. Bu holatda aksiyalar savdosida jamg’armaning sof qiymati asosiy ko’rsatkich qilib olinadi. Ochiq fondlar borasida shariatda hech qanday to’siq mavjud emas, shuning uchun bunday fondlar joiz hisoblanadi.
Yopiq fondlar
Bu holatda fondning a’zolari soni chegaralangan bo’ladi. Bu jamg’arma tomonidan boshqa yana aksiya chiqarilmasligini bildiradi. Bu kabi fondlarning aksiyalari oldi-berdisi bozor sharoitlarida amalga oshishi mumkin. Shuningdek, investor yopiq fondlarning aksiyalarini chegirma narxlar bilan sotishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |