Islomiy fondlar



Yüklə 40,99 Kb.
səhifə14/29
tarix15.05.2022
ölçüsü40,99 Kb.
#58013
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
6-b. Islomiy fondlar

Index

Alkogol

An’anaviy moliya xizmatlari

Cho’chqachilik mahsulotlari

Tamaki mahsulot

lari

Qurol-yarog’

Ko’nilochar mahsulotlar va xizmatlar

DJIMI













S&P









×



FTSE













MSCI













SC – Malaysia









×



AAOIFI









×


Yuqoridagi jadvalda asosiy shariat ko’rsatkichlari vertikal ustunda keltirilgan, biznes turlari esa gorizantal ustunda keltirilgan. Ko’rinib turibdiki, hamma shariat ko’rsatkichlari deyarli barcha biznes xarakteristikasida bir xil ko’rinishga ega, faqatgina qurol ishlab chiqarish va tarqatish borasida farqlar mavjud. Bu holatda SP SC MALAYSIA VA AAOIFI da boshqa shariat ko’rsakichlari bilan solishtirilganda farqlar kuzatiladi. Bu uch ko’rsatkich bo’yicha qurol ishlab chiqarish sanoatiga ma’lum talablarga rioya qilgan holatda investitsiya qilish mumkin bo’ladi.



2-jadval. Kompaniyalarni moliyaviy tahlil qilish borasidagi solishtiruv

Index

O’rtacha bozor kapitali

Jami mol-mulklar

Qarzlar

Naqdpullar va IBS

Debitorlik qarzlar


Foiz stavkasidan topilgan daromadlar

Noshar’iy manbalardan daromadlar

DJIMI



×

33%

33%

33%

×

×

S&P



×

33%

33%

49%

×

5%

FTSE

×



33%

33%

50%

5%

×

MSCI

×



33%

33%

33%

×

5%

SC – Malaysia






















AAOIFI



×

30%

30%

×

5%

×

Yuqoridagi 2-jadvalda asosiy shariat indekslari vertikal ko’rinishda, turli xil shariat parametrlari esa gorizantal ko’rinishda tasvirlangan. Jadvalda ko’rinib turibdiki, 3 ta ko’rsatkich FTSE, MSCI, SC Malaysia jami mol mulkni bazaviy hisoblashda boshqa ko’rsatkichlarga qaraganda turli xususiyatga ega. Bularda qarzning jami mol mulkka nisbati yoki o’rtacha bozor kapitalizatsiyasiga nisbatan AAOIFI bo’yicha 30 foiz qolganlarida esa 33 foiz qilib belgilangan. Foiz stavkasi bilan topilgan daromadning jami daromadga nisbati 5 foizgacha bo’lishiga ruxsat beriladi.



Uchdan bir ko’rsatkichi

Uchdan bir ko’rsatkichi ko’plab shariat qoidalarida maksimal va minimal miqodirni belgilashda qo’llaniladi. Olimlar umumiy holatda jamining uchdan biri maksimal miqdor sifatida qabul qiladilar. Bunga quyigi hadis sabab qilib keltiriladi:



Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Fatx yili bemor bo’lin, uning sababidan o’limga yaqinlashdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ko’rgani keldilar. Shunda:

Ey Allohning Rasuli, mening ko’p molim bor va birgina qizimdan boshqa merosxo’rim yo’q. Molimni hammasini vasiyat qilaymi?” dedim.

Yo’q”, dedilar.

Molimni uchdan ikkisi-chi?”, dedim.

Yo’q”, dedilar.

Yarmini-chi?” dedim.

Yo’q”, dedilar.

Uchdan birini-chi?”, dedim.

Uchdan bir. Uchdan bir ham ko’p. Lekin merosxo’rlaringni boy holatda tashlab ketishing ularni yuk bo’lib boshqalarga tilanib yuradigan qilib tashlab ketishingdan yaxshiroqdir. Sen har qanday nafaqa qilsang ham, albatta, ajr olasan. Xatto ayolingni og’ziga tutgan luqma uchun ham ajr olasan”, dedilar.

Ey Allohning Rasuli, endi hijratimdan ajrab qolamanmi”, dedim.

Albatta sen keyin hargiz (hijratingdan) ajrab qolmaysan va Allohning roziligini iroda qilib solih amal qilsang, albatta, bu bilan martabang va darajang ziyoda bo’lur. Shoyadki, sening ajrab qolishingdan bir qavmlar manfaat topsalar va boshqalar zarar ko’rsalar. Allohim, Ashoblarimning hijratlarini poyoniga yetkaz va ularni ortlariga qaytarmagin!”, dedilar”.



Beshovlari rivoyat qilgan.

Buxoriy 3.196 Muslim 3.1250

Ba’zi bir tanqidchilar yuqoridagi hadisdagi uchdan bir miqdor bilan bugungi kunda maksimal miqdor belgilashda qo’llaniladigan uchdan bir miqdorni boshqa-boshqa holat ekanligini ta’kidlashadi. Lekin, yuqoridagi hadis bilan bugungi uchdan bir qoidasi orasida bevosita bog’liqlik bo’lmasada, ko’plab ulamolar bu qoidaning boshqa masalalarga ham taaluqli bo’lishiga ijtihod qilganlar. Qolaversa bu qoidanng amaliyotga joriy etilishi islomiy investitsiyalar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.

Hadisdan biz yana shuni bilishimiz mumkinki, kishi farzandlarini birovlarga qarab qolmagan, o’ziga to’q holatda qoldirib ketgani afzal ekan.





Yüklə 40,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin