“islomshunoslik“ fanidan tayyorlagan taqdimoti mavzu: mu’tazila e’tiqodining besh asosi



Yüklə 367,75 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü367,75 Kb.
#119170
LUTFULLAYEV ZIKRULLOH Mu\'tazila e\'tiqodining 5 asosi

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi MATNshunoslik VA ADABIY MANBASHUNOSLIK yo’nalishi 1-bosqich talabasi LUTFULLayev zikrullohning

“islomshunoslik“ fanidan tayyorlagan taqdimoti

MAVZU: MU’TAZILA E’TIQODINING BESH ASOSI

Mo’tazilalar ta’limotining tarixi Hasan al-Basriyning sobiq shogirdlaridan bo’lgan Vosil ibn Ato va Amir ibn Ubaydga borib taqaladi. Ikkisi o’zlarining “manzila baynal manzilatayn” (arosat) mavzusidagi aqidalari tufayli ajralib chiqadi va “mo’tazila” ya’ni “ajralganlar” nomini oladi.

Al-Adl (Allohning adolati) – ilohiy adolat insonning iroda erkinligini taqozo etadi. Alloh faqat yaxshilik (al-aslah) ijodkori bo’lib, u umr davomida belgilab qo’ygan narsalar tartibi buzilishiga yo’l qo’ymaydi, ya’ni Alloh faqat yaxshi amallarni yaratgan. Tavhid (Allohning yagonaligi) – Allohning yagonaligini e’tirof etish, ko’pxudolik va antropomorfizm, ya’ni Allohni odam qiyofasida tasavvur qilishni inkor etish. Bunda ular mujassama va mushabbahalarga qarshi turganlar. Al-Va’d val vaiyd (va’da va jazolash) – mo’taziliylar bilan birga xavorijlar e’tirof etgan bu qoidaga ko’ra Alloh mo’minlarga jannat, kofirlarga do’zah va’da qilgan bo’lsa, o’z va’dasida turishi lozim. Bunda Payg’ambarning shafoati ham, Alloh taoloning “Rahmon” va “Rohim” sifatlari ham yordam bera olmasligi kerak.

Manzila baynal manzilatayn (Oraliq holatda qolish) – gunohi kabira qilgan musulmon mo’minlar qatoridan chiqariladi, lekin kofir bo’lib qolmaydi, balki oraliq hayotda bo’ladi. Aynan mana shu qoida birinchi mo’taziliylarni Hasan al-Basriydan ajralishiga sabab bo’lgan. Al-Amr bil ma’ruf van nahiy anil munkar (Yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish) – barcha vositalar bilan, jumladan kuch ishlatib bo’lsa ham, aynan hukm bajarilishi lozim bo’lgan, o’zlarining “al-Amr bil ma’ruf” degan e’tiqodiy qarashlarini “nahiy anil munkar” deganda esa o’z e’tiqodiy qarashlardan bosh tortganlarni nazarda tutadilar.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!


Yüklə 367,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin