Menejment tizimida maqsad va vazifalarning alohida xususiyatlari. Tashkiliy faoliyat maqsadi har qanday tashkilot uchun kutilayotgan pirovard natija, faoliyat samarasidir.Tashkiliy faoliyat maqsadidan foydalanib, umumiy ishning pirovard natijasini baholash, faoliyat yo’nalishi va ko’lamini belgilash mumkin.Muayyan omillarga yetishish yoxud ularni saqlab qolish tashkiliy faoliyatining bosh maqsadidir.Tashkiliy faoliyat maqsadlari hamisha istiqbolli rivojlanishni nazarda tutuvchi gipotezalarga asoslanadi. Shuning uchun bu xil gipotezalarning puxtaligi samarali natijaga erishish uchun muhim garovga aylanadi.Istiqbolli rivojlanish rejasi qanchalik uzoq vaqtni qamrab olsa, tashkiliy faoliyat maqsadlari shunchalik ehtimoliy tusga ega bo’ladi.17
4.2. Boshqaruv maqsadlarining tavsifi.
Konkret va aniq o’lchamlarga ega bo’lgan maqsadlar. Tashkiliy faoliyat maqsadlarini bu xilda belgilash, tashkilot rahbariyatiga jarayon davomida navbatdagi tashkiliy qarorlarni qabul qilish va ishning borishini baholashga, tashkilot faoliyatining pirovard natijaga nisbatan nechog’lik samarali hamda to’g’riligini belgilashga imkon yaratadi.
Maqsadlarni vaqt o’lchovini hisobga olib belgilash.Mazkur tamoyilga ko’ra, eng avvalo, uzoq muddatga, so’ngra o’rtacha va qisqa vaqt oralig’iga mo’ljallangan maqsadlar belgilab olinadi. Maqsadlarning real tarzda qo’yilishi, ya’ni mavjud shart-sharoitlarda ularga erishish mumkin bo’lishi lozim. Turli tashkiliy maqsadlarning bir-biriga zid kelmasligiga alohida e’tibor berish shart.
Vazifalar pirovard natijaga erishish uchun avvalroq bajarilishi lozim bo’lgan aniq tadbirlardir.
Alohida xususiyatlari. Tashkiliy vazifalar faoliyatning bevosita maqsadlarini ifodalaydi. Ularni miqdoriy jihatdan o’lchash mumkin. Odatda vazifalar deb, aniq ijrochining zimmasiga yuklangan va bajarilish muddatlari aniq belgilangan ish(lar)ni nazarda tutishadi.
Texnik jihatdan olganda, tashkiliy vazifalar konkret lavozimga nisbatan belgilanadi. Har bir lavozim doirasida bajarilishi shart bo’lgan ishlar majmui pirovard natijaga erishish yo’lidagi muhim bosqich sanaladi.
Tashkiliy vazifalar kategoriyasi: - odamlar bilan ishlash;
- predmetlar bilan ishlash;
- axborot bilan ishlash.
Maqsadlar shajarasi; tashkiliy maqsadlarning o’zaro tobeligi va kengaytirilishi. Maqsadlar shajarasining modeli amaliy faoliyat uchun juda qulay vosita bo’lib, u boshqaruvchilikning tashkiliy maqsadlari va vazifalarini belgilashga nisbatan tizimli (tartibli) yondashuvga imkoniyat beradi. Maqsadlar shajarasi yordamida ularning tartiblashtirilgan ierarxik tuzilmasi ta’riflanadi.
Tashkiliy faoliyatning umumiy maqsadi. Tashkilotning kichik tizimlari faoliyatini belgilovchi bosh maqsadlarga quyidagilar kiradi:
* ishlab chiqarish;
* marketing;
* personal;
* moliya.