Banklarning kredit portfeli – tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning umumiy jamlanmasi. Ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi; b) standart; v) substandart; g) shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklariga ma’lum sanaga ssuda hisobvaraqalarida qolgan pul mablag’lari majmuasi (qoldig’i).
Bank-moliya tizimining barqarorligi– banklarning va boshqa moliya muassasalarining o’z majburiyatlari yuzasidan talablarga to’la javob bera olishi. Bu likvidlilik, kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, rentabellik ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Bankrot – xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi. Barqarorlik– narsa va hodisalarning amal qilishi va rivojlanishdagi o’ziga xos muayyanlik holati.
Biznes – foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va muhtojlikni qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
Bozor kon’yunkturasi – muayyan vaqt mobaynida tovarlar bozorining holatini tavsiflovchi vaqtinchalik iqtisodiy vaziyat bo’lib, quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: ichki va tashqi savdodagi o’zgarishlar; ishlab chiqarish va qurilish dinamikasi; tovar zaxiralari harakati; narxlar dinamikasi va boshqalar.
Byudjet defisiti – byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan oshib ketishi natijasida vujudga kelgan taqchillik.
Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqi hisoblanadi.
Global moliyaviy-iqtisodiy bozor – jahon mamlakatlari o’rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo’jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar.
Davlat byudjeti – davlat daromadlari va sarflarining moliyaviy rejasi.
Daromad solig’i – fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy to’lov (soliq). Daromad solig’i stavkalari – aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan holda olinadigan soliqlarning foizlardagi darajalari.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarish - har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarni ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Demokratik ong– kishilarning ozodlik, erkinlik, ijtimoiy adolat, fikrlar xilma-xilligi, oshkoralik va mulohazalar erkinligi haqidagi his-tuyg’ulari, qarashlari, g’oyalari, nazariyalarning majmuidir. Demokratik ong ham yangi hodisa, ammo chuqur tarixiy ildizlarga ega. Xalqning ozodlik, erkinlik, adolat, oshkoralik, mulohazalarining xilma-xilligi haqidagi o’ziga xos intilishlari, qarashlari udumlari asosida bunday ongning tarixiy zaminlari bor.