Biznes va tadbirkorlik orasidagi farqlar
Biznes
Tadbirkorlik
Ана’naviy va qaytariluvchi faoliyatning
davom ettirilishi
Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha
novatorlik va izlanuvchan hamda
qobiliyatga ega bo’lish
Barqaror daromad olishga intilish
Daromadni ko’paytirishning yangi
manbalarini aniqlashga intilish
1.
Risk darajasining pastligi
1.
Tavakkalchilik riskining yuqoriligi
2.
Foydali (daromadli) ishga ega bo’lgan
inson
3.
G’oya va intilishga ega bo’lgan inson
4.
Kapitalga ega shaxs
5.
Boshlang’ich kapitalga ega
bo’lmasligi mumkin
6.
Biznesga rahbarlik qilish
7.
Mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok
etish
8.
Kapitaldan daromad olish
9.
Tadbirkorlik foydasini olish
19
Amaliyotda ko’p uchraydi
Amaliyotda nisbatan kamrov
uchraydi
Biznes va tadbirkorlik sohasini ko’pincha “kichik iqtisodiyot” deb ham
yuritiladi.
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Bandlik
muammosini hal etish, bozorning mo’l-ko’lligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirishdagi imkoniyatlarini inobatga olib, mamlakatimizda
kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Bunda kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos quyidagi xususiyatlariga
tayanilmoqda:
bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish
qobiliyati;
nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovar va
xizmatlarga bo’lgan talabini qondira olish.
dastlabki sarmoya hajmining nisbatan kamligi;
tez orada yangi ish o’rinlarini barpo etish va bandlik muammosini hal
etishga ko’maklashish imkoniyati;
biznes egasi (tadbirkorlik) ning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi
bevosita ishtiroki va boshqalar.
Bundan tashqarikichik tadbirkorlikning iqtisodiy jihatlari hamda manfaatli
xususiyatlari quyidagicha yoritiladi.
Kichik tadbirkorlik aholining talay qismi uchun mehnatini qo’llaydigan jabha
va daromad manbai, yetarli malaka va tajribasi bo’lmagan, egiluvchan jadvalli ish
kunini istagan aksariyat mehnat resurslarini mashg’ul etuvchi mehnat bozorining
eng moslashuvchan qismi ayollar, ilk bor ish qidirayotgan yoshlar, ma’lumoti va
mehnattajribasiyuqori darajada bo’lmagan shaxslar ko’pincha faqat shu yerdan ish
topishlari mumkin. Bu jabhada mashg’ul kishilarning aksariyat qismi uchungina
emas, balki ularning oila a’zolari uchun ham asosiy daromad manbai bo’lishi
20
kichik biznes milliy farovonlikning o’sishi uchun muhim omilga aylanganidan
dalolat beradi.
Kichik tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko’nikmalarini
rivojlantirish, uning bozor munosabatlariga moslashganlik darajasini oshirishda
potentsial samarali vositadir. U fuqarolarga nafaqat o’z ishchi kuchi, balki o’z
mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo’ljallangan mulk egasi bo’lishiga imkon
yaratib, o’rta sinf jamiyatining progressiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir,
demokratiya va ijtimoiy barqarorlikdan manfaatdor ijtimoiy qatlamning
shakllanishi uchun asos yaratadi.
Kichik tadbirkorlik butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi. U iste’mol talabining o’zgarishlariga hammadan tez moslashadi, iqtisodiy
vaziyatning tebranishlariga muvofiqtarzda o’z faoliyati ixtisosini tez va nisbatan
asoratsiz o’zgartira oladi.
Kichik tadbirkorlik iqtisodiyotining hududiy tuzilmasini yaxshilaydi.
Alohida shaxs uchun esa kichik biznes bilan shug’ullanish band bo’lish va
daromad olishga, ishi va shaxsiy hayotini yaxshiroq birlashtirishga, o’z qobiliyati
va iste’dodini namoyon qilishga imkon yaratadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi
kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan
xarakterlanadi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mustaqillik berish ularda
faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish
bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotni
shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000
yildan buyon 31 foizdan 60 foizga yetkazilgan holda
sanoat mahsulotlari
hajmining
uchdan
birini,
qishloq
xo’jaligi mahsulotining 98 foizini,
investitsiyalarning yarmini ta’minlamoqda. Ko’pgina viloyatlarda eksportning 70-
90 foizi aynan kichik biznesga to’g’ri keladi. O’tgan yilda 93 mingtadan ko’p
tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.
21
2020 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 600 mingdan ortiq
yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o’rinlarining yarmi demakdir.
Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo’lgan aholining
76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000 yilda bu ko’rsatkich 49,7 foizga teng
edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirilayotgan ana shunday chora-
tadbirlarimiz o’zining yuksak samarasini bermoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida
bir qator ishlar amalga oshirildi:
ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilinmoqda;
kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo’linmalari tomonidan
xizmat ko’rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini
muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda;
tadbirlarni davlat ro’yhatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan
tartibijoriy etildi;
statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi;
ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va
boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va
boshqalar.
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishlari quyidagilar asosida
shakllantirilmog’i zarur:
kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning mintaqa, tarmoq dasturlarini ishlab
chiqish va amalga oshirish, barcha tarmoqlarda xususiy korxonalar, jamiyatlar,
shirkatlar tuzish bo’yicha shaxsiy tashabbuslarni rag’batlantirish;
kichik korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish
imkoniyatlarini
kengaytirish,
davlat
tomonidan
kreditni
kafolatlash
jamg’armalarini yaratish;
kichik tadbirkorlikka xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalarini yanada
kengaytirish va rivojlantirish;
22
kichik korxonalarning xom ashyo, texnologiyalardan foydalanish
imkoniyatini kengaytirish, kichik biznes korxonalari tomonidan
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishning samarali tizimini yaratish;
kichik tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va ular faoliyatining me’yoriy
huquqiy negizini takomillashtirish;
kichik tadbirkorlik faoliyati ko’rsatkichlarining hisobi va tahlili tizimini
soddalashtirish;
kichik tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |