75
Unitar korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk
bilan javob beradi. Unitar korxona o’z mol-mulki
egasining majburiyatlari
bo’yicha javobgar bo’lmaydi. Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona
majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi.
Har bir ishlab chiqarish korxonasi yagona ishlab chiqarish texnik organizm
hisoblanadi, ya’ni korxonaning ishlab chiqariladigan mahsulot maqsadining hamda
uni ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan belgilanadi.
Korxonalar texnologik jihatdan bir turdagi sex yoki uchastkalardan
(yigiruvchi fabrikalaridan yigiruv sexi) yoki texnologik jihatdan turli xildagi sex
yoki uchastkalardan tashkil topishi mumkin (to’qimachilik korxonalarining
yigiruv, to’quv va pardozlash sexlari).
Korxonalarning yagona organizmga birlashtiruvchi muhim belgilardan biri
yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi bo’limlarning barcha asosiy bo’linmalar uchun
umumiyligi, joylashgan maydonning yagonaligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish texnikaviy va tashkiliy-iqtisodiy
birlik bilan xarakterlanadi:
Korxonani xarakterlovchi asosiy belgilardan biri uni tashkil etuvchi tarkibiy
qismlarining ishlab chiqarish texnikaviy birligidir. Korxonalarning ishlab chiqarish
texnikaviy birligi uning barcha tarkibiy qismlarining bir- biri bilan ishlab hiqarish
jarayonining ma’lum ketma-ketlikda bajarilishiga qarab bo’linganligi va bir-birini
o’zaro ta’minlashini ifodalaydi. Har bir korxona bir qator tarkibiy qismlardan (sex,
uchastkalar) dan iboratdir. Ularning har biri xom
ashyoni tayyor mahsulotga
aylantirish jarayonining ma’lum funksiyalarini bajaradi va ular bir- biri bilan
texnologik jarayonning bajarilish tartibiga va bir-birini ta’minlash usullariga
bog’liq bo’lib, ularning maqsadi ishlab chiqarish dasturini bajarishga qaratilgan.
Tashkiliy-iqtisodiy birlik yagona boshqaruv organining,
yagona ishlab
chiqarish jamoasining mavjudligi, ma’muriy jixatdan ajratilganlik, ishlab chiqarish
rejasining uning bajarilishini ta’minlovchi material, texnik, moliyaviy resurslar
bilan o’zaro bog’liqligi bilan xarakterlanadi.
76
Har bir korxona tashqi muhit ya’ni iqtisodiyotning boshqa tizimlari bilan
muntazam aloqadorlikda faoliyat yuritadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali shakllarini
joriy etish uchun
korxonalar shartnomalar asosida konsortsium, kontsern, tarmoqlararo davlat
birlashmalari, assotsiatsiya va boshqa yirik tashkiliy tuzilmalar tuzishlari mumkin.
Konsorsium – korxona va tashkilotlarning yagona yirik ho’jalik ob’ektini
tashkil etish va moliyalashtirish maqsadini ko’zlab resurslarni
birlashtirish yoki
ishlab chiqarish – ta’minot kooperatsiyasi borasida kelishuv asosida vaqtinchalik
birlashuvidir. Konsorsiumlar faoliyati bevosita banklar ishtrokini ko’zda tutadi.
Jahon
amaliyotida
“konsorsium”
bir
nechta
banklar
yoki
sanoat
monopoliyalarining yirik ko’lamdagi tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun
vaqtinchalik kelishuvini ifodalaydi. Konsorsium yuridik shaxs hisoblanmaydi. Uni
boshqarish to’liq iqtisodiy va yuridik mustaqillikni saqlab qolgan ishtrokchilarning
o’zaro kelishuviga ko’ra amalga oshiriladi. Umumiy maqsadga erishish uchun ular
umumiy rahbarga bo’ysunadilar va konsortsium majburiyatlari bo’yicha o’z
ulushlari doirasida javobgar bo’ladilar. Maqsadga erishilgandan so’ng konsortsium
o’z faoliyatini to’xtatadi. Bir korxona bir vaqtda bir nechta turli konsortsium
ishtrokchisi bo’lishi mumkin.
Assosiasiya – korxonalarning tarmoq, xududiy yoki boshqa belgilar bo’yicha
ixtiyoriy birlashuvi. Konsorsiumdan farqli ravishda assotsiatsiya doimiy xarakterga
ega. Korxonalar bir vaqtda bir nechta assotsiatsiyaga birlashishi mumkin.
Assotsiatsiyalar yuridik shaxs huquqi bilan yoki yuridik
shaxs huquqisiz tashkil
etilishi mumkin. Ular alohida ishlab chiqarish xo’jalik funktsiyalarini
markazlashgan tarzda bajarishni o’z zimmasiga oladi (ta’minot – sotuv
xarakteridagi maqsadlarni ko’zlab).
Har qanday turdagi korxonalar faoliyatini tashkil etish ular faoliyatini
yo’naltirish harakatlarini belgilab beruvchi rejalarni
ishlab chiqish zaruriyatini
keltirib chiqaradi. Rejalarda yaqin va uzoq muddatdagi maqsadlar va ularga
erishish yo‘nalishlari hamda vazifalar ifodalanadi