Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa Ishlab chiqarish va sotish hajmini rejalashtirish korxona ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish hisobi bilan bog’lanadi. Chunki, ishlab chiqarish
quvvatlarini hisoblash ishlab chiqarish dasturini asoslashning muhim tashkiliy
qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvati deyilganda korxonadagi mavjud jihoz va ishlab
chiqarish maydonlaridan to’liq foydalangan holda ilg’or me’yor, ilg’or
texnologiyadan foydalangan holda rejada ko’rsatilgan turdagi mahsulotni yillik
maksimal ishlab chiqarish bo’lgan hajmidir.
Ishlab chiqarish quvvati miqdori korxonaning texnik, texnologik va tashkiliy
darajasining o’sishi bilan o’zgaradi. Korxona ishlab chiqarish quvvati ishlab
chiqarish hajmi rejalashtirilayotgan birliklarda o’lchanadi.Masalan, avtomobil
ishlab chiqaruvchi korxona quvvati avtomobil sonida, to’qimachilik korxonasi
quvvati mato metrida.
Korxona ishlab chiqarish quvvati sexlar quvvati, yetakchi uchastkalar,
uchastkalar quvvati, yetakchi texnologik jihozlar guruhi quvvatlari bo’yicha
aniqlanadi.
Asosiy sexlar quvvati asosiy mahsulot va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish
bilan band bo’lgan jihozlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Yordamchi va xizmat ko’rsatish sexlari quvvati asosiy sexlarga
ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi belgilanadi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati hisobi tarmoqdagi ilor texnologiyalarga,
jihoz ish vaqti va quvvatidan to’liq foydalanishini e’tiborga olgan holda amalga
oshiriladi. Jihozlarning unumdorligi normalari ularning texnik xarakteristikalari
bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda faqat texnologik jihatdan ko’zda
tutilgan yo’qotishlar e’tiborga olinadi. Tashkiliy texnik sabablarga ko’ra yuzaga
kelgan yo’qotishlar hisobga olinmaydi.
E’tiborga olish vaqtida asosan ishlab chiqarish quvvatining 3 turi ajratiladi:
boshlanich, chiqish, o’rtacha yillik.