Rasululloh :
«
А
lloh taoloning toʼqson toʼqqizta – bir kam yuzta
ismi bor. Kim ularni sanasa, jannatga kiradi.
А
lloh
toqdir va toqni yaxshi koʼrur», dedilar.
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.
Barchamiz uchun ilm olishni buyurgan Alloh taolo bizlarga Uni tanishimiz uchun
O’zi yo’l ko’rsatadi. Faqatgina o’qib, o’rganib Alloh haqida ko’proq bilishimiz, U
bilan do’stlashishimiz, Uni sevib qolishimiz mumkin! Quyidagi 2 yo’l Allohni
bizga, bizni esa Allohga yaqinlashtiradi:
Sunnat- bu suyukli Payg’ambarimiz
Muhammad aytgan gaplari, ko’rsatgan
amallari, buyurgan ishlaridir. Hadislarda
payg’ambarimiz sallollohu alayhi
vassallam Allohni sifatlab, biz-
ummatlariga Uni yana ham chiroyli
ko’rsatganlar
Alloh taolo O’zigagina ibodat qilgan bandalarini Jannatga kirishlarini va’da
qilgan. Biz Alloh taoloni tanimasak, Uning qanday Zot ekanligini bilmasak
chinakam musulmon bo’la olmaymiz. Uni sevmasak, ulug’lamasak, Unga ishonmasak,
suya olmasak, Undangina so’ramasak biz qanday qilib jannatga erishamiz?!
Bolajonlar, balki siz “Biz Allohni ko’rmaymiz-ku, Uni qanday taniymiz?”,
deyishingiz mumkin. Ammo, e’tibor bering, siz U yaratgan ne’matlarni ko’ryapsiz…
Alloh bergan ko’zlaringiz bilan ko’ryapsiz, quloqlaringiz bilan eshityapsiz,
yuragingiz bilan his qilyapsizku!
Bir o’ylab ko’ring… Biz ko’rmaydigan, ammo sezadigan,
foydalanadigan ne’matlar ham juda ko’p. Masalan, havo! Havoni ham
ko’rmaymiz, ammo havosiz yashay olmaymiz! Shunday emasmi?
Allohning ismlarini
TO’G’RI anglash
BIZ ALLOHNI QANDAY
TANIYMIZ?
Qur'on Allohning
so’zidir! Bu kitobda
Alloh o’z-o’zini
bizlarga tanitadi
Dostları ilə paylaş: