Ispring dasturida test yaratish imkoniyatlari mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Asosiy qism 1.Ispring dasturi va uning imkoniyatlari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#122357
1   2   3   4   5   6   7
Mutalov Islombek

Asosiy qism
1.Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.
Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi.Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring QuizMarker, iSpring PRO va iSpring Kinetics kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.
iSpring Suite – bu PowerPoint dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi professional vosita hisoblanadi. iSpring dasturi yordamida foydalanuvchi bir nechta bosqichdagi o‘quv kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin:
a) Power Point- taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish;
b) Audio va video fayllarni birlashritish;
c) Interaktiv testlar yaratish;
d) Interaktiv bloklar yaratish;

e) Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash.


iSpring Suite dasturi o‘zida iSpring Pro, iSpring QuizMaker va iSpring Kinetics dasturlarini jamlagan. iSpring dasturini uskunalari PowerPiont dasturining menyular satriga sozlanadi. iSpringning o’rnatilishi muvofaqqiyatli bajarilgandan so’ng, Power Pointga iSpring insturimental qatori qo’shiladi. iSpringning funksiyalaridan tayyorlangan fayli Flash formatga o’ziga xos playback (boshqarilish)ni yuzaga keltiradi. Audio va videolar bilan Flahda tayyorlangan fayl yaxshiroq bo’ladi. Eslatma, aytish kerakki iSpring Proga qo’shiladigan xar bir ma’lumot Windows uchun o’ziga xoss ahamiyatga ega.
iSpring Pro yordamida:

  • Windowsda Flashni muomilaga chiqarish;

  • Prezentatsiyani tadqiq etish;

  • Window bilan bog’lanish;

  • Windowni taqdim etish;

  • Windowda audio yozish;

  • Windowda vidio yozish;

  • Windowda sinxron qilish;

  • Windowga so’rovlar qo’yish;

  • Windowni Flashga kiritish mumkin.

tugmasini bir marta bosish orqali yuqori darajadagi Flash movie o’rnatiladi. iSpring Quick Publishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri taqdim etiladigan prezentatsiyada ortiqcha o’zgarishlarga yo’l qo’ymaydi. iSpring Pro 180 dan ortiq effektlarga ega. Bu ko’rsatkich Power Point 2007 dagi barcha effektlar kombinatsiyasidan iboratligi, ko’plab harakatlarni o’z ichiga olganligi hamda shu ko’rsatkich bo’yicha harakatlarni mukammallashtirganligi bilan tasvirlanadi.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin