Haroratlar farqi 50
o
S dan katta bo’lganda quvirlar va qobiqning har xil uzayishini
kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorli (1.4 a- rasm), suzuvchan kallakli
(1.4 b- rasm) va U - simon quvirli (1.4 v- rasm) qobiq quvirli qurilmalar ishlatiladi.
Linzali kompensator qurilmalar quvir va qurilma devori o’rtasidagi
bosim
2
5
/
10
6
м
H
6∙10
5
N/m
2
gacha bo’lgan muhitlarda ishlatiladi.
U - simon qobiq quvirli qurilmalarda issiqlik ta’sirida quvirlarning uzayishidagi
kompensatsiyani quvir qurilmalarining o’zi bajaradi.
1.4 b- rasmda suzuvchan kallakli qobiq quvirli qurilma tasvirlangan bo’lib, unda
quvir to’rlaridan biri qobiqqa mahkamlanmagan bo’ladi. Shuning uchun harorat
deformatsiyasi natijasida quvirlar to’plami korpus ichida erkin qo’zg’ala oladi.
Qurilma quyidagicha ishlaydi. Mahsulot oqimlaridan
biri shtutser orqali
taqsimlash kamerasiga beriladi, so’ngra quvirlar bo’shlig’i orqali o’tib,
harakatlanadigan quvirlar to’ri va uning qopqog’i hosil qiluvchi kameraga o’tadi.
Kamerada o’z yo’nalishini o’zgartirib, qolgan quvirlar
orqali yana taqsimlash
kamerasiga qaytadi. Bu kamera tekis to’siq yordamida ikki qismga bo’lingan. Shunday
to’siqlar yordamida qurilmani quvirlar bo’shlig’i bo’yicha 2, 4 va undan ortiq zonlarga
ajratish mumkin.
Ishlab chiqarishning quvvatini oshirish uchun issiqlik almashinish qurilmalari
samarali
ishlashi, konstruktsiyasi sodda bo’lishi va maxsulot sifatiga ta’sir
ko’rsatmasligi zarur. Bundan tashqari, qurilmada issiqlik
almashinuv yuzalarni
ko’paytirish, issiqlik tashuvchi agentlardan maksimal foydalanish,
jarayonni
jadallashtirish va sarflanadigan energiyani kamaytirish dolzarbdir. Bu omillar qurilma
ish unumdorligini oshirishga va uning konstruktiv o’lchamlarini kichiraytirishga
xizmat qiladi. Bu esa o’z navbatida issiqlik almashinish
qurilmalarini ishlatish va
ta’mirlash uchun ketayotgan sarf xarajatlarni kamaytiradi.
Qobiq quvirli qurilmalar quyidagi avfzalliklarga ega:
-
o’lchamlariga nisbatan issiqlik almashinish yuzasining yuqoriligi;
- tayyorlash jarayonining qulayligi;
- ishonchli ishlashi;
- yuqori bosimlarda ishlatish mumkinligi
Dostları ilə paylaş: