Quyosh havo isitgichlari
Quyosh havoisitgichlari issiqlik izolyatsiyalangan yassi yashiklar bо‘lib, ularning usti
shaffof material (oyna, plastik, plyonka) bilan qoplangan. Shaffof qoplamadan о‘tgan quyosh nurlari qoraytirilgan qabul qiluvchi sirt tomonidan yutiladi va uni qizdiradi. Yashikning qabul qilgich kanali bо‘yicha о‘tadigan havo konveksiya orqali qizdiriladi. Quyosh havoisitgichining issiqlik balansini quyidagicha ifodalash mumkin:
bu yerda, issiqlik qabul qilgich yutgan issiqlik
Q yu = I τ k F k
issiqlik qabul qilgichdan havoga uzatiladigan issiqlik
10.3-Rasm. Quyosh havoisitgichning (A) va issiqlik qabul qilgichlarni turli xil konstruksiyalarining (B) sxemalari: 1-issiqlik izolyatsiyalangan yashik; 2-yassi issiqlik qabul qilgich; 3-shaffof qoplama.
Parabolalik konsentratorga ega bо‘lgan namunaviy tо‘g‘ri burchakli kollektor l uzunlikdagi parabolali kо‘zguga ega bо‘lib, uning о‘qiga qabul qilgich – kollektor joylashgan.
Konsentrator о‘qi sharq-g‘arb yо‘nalishda joylashgan, kо‘zgu esa avtomatik ravishda Quyoshga yо‘naltiriladi – bir о‘lchovli oriyentirlash amalga oshiriladi, nurlanishning konsentratsiyasi faqat bir yо‘nalishda bо‘ladi. Kollektor ustidan о‘rnatilgan ekran issiqlik yо‘qotishlarni kamaytiradi.
10.4-rasm. Parabolali konsentratordagi kollektor:
A - umumiy ko‘rinish; B - ko‘ndalang kesim; 1 - parabolali ko‘zgu; 2 – ekran 3 - kollektor-quvur; 4 – isiqlik tashuvchi; N-S - shimol-janub; E-W - sharq-g‘arb
10.4-rasm. Parabolali-silindrik konsentrator va suv akkumulyator bilan ikki konturli kombinirlangan quyosh isitish tizimining prinsipial sxemasi: 1-parabolali-silindrik konsentrator; 2-issiqlik akkumulyatori; 3-qо‘shimcha issiqlik manbai; 4-sirkulyatsiyali nasos; 5-rostlash jо‘mragi; 6-isitish tizimining konturi.
10.5-rasm. Parabolalik konsentratorli quyosh uchoqlar.
Katta о‘lchamli doiraviy parabolalik konsentratorlar quyosh uchoqlar uchun eng samarali hisoblanadi. Katta parabolalik kо‘zgular uchun quyoshni kuzatish tizimi bilan ta’minlash ancha amaliy qiyinchilaklarni tug‘diradi. Shuning uchun Tromb ulardan foydalanish boshqa usulni taklif etilgan: katta о‘lchamli parabolalik kо‘zgu qо‘zg‘almas о‘rnatiladi va shimolga yо‘naltiriladi. Uning rо‘poraga geliostatlar – kuzatish tizimiga ega bо‘lgan yassi kо‘zgular joylashtiriladi. Birinchi bunday qurilma (dametri 10,7 m) Pireneyda Mon–Lui joyda 1950 yilda qurilgan. 10.7-rasmda 1970 yilda Fransiyada Odeyo joyda qurilgan quyosh uchogining sxemasi keltirilgan: parabolalik kо‘zguning balandligi 40 m, eni 54 m, umumiy yuzasi 2500 m², qо‘zg‘aluvchan yassi kо‘zgular–geliostatlar soni 63 ta, yuzasi 45 m² , geliostatlarning umumiy yuzasi 3000 m². Uchoqning fokusida 18 m masofada quyosh nurlari tо‘planadi. Issiq fokal sohasi 0,4 m diametrga ega, temperatura 3800 °C gacha hosil qilinadi, maksimal quvvat 1100 kVt. Quyosh uchoqlar AQShda (Nyu–Meksika), Yaponiyada ishlab turmoqda.
10.6-rasm. Odeyodagi (Fransiya) quyosh uchogining sxemasi: 1-parabolalik kо‘zgu, 2-minora, 3-uchoq, 4-geliostatlar.
10.7-rasm. Odeyo Fransiyadagi quyosh uchogining umumiy ko‘rinish.
Katta quyosh uchoq (KQU) – O‘zR FA Fizika–quyosh IICHB Materialshunoslik institutining katta quyosh uchoq – nodir tajriba va sanoat ishlab chiqarishlarni o‘tkazish uchun ilmiy tadqiqot joydir (7.12-rasm). KQU Toshkentdan 45 km da Parkent tumanida, Tyan–Shan tog‘ etagida, dengiz satxidan 1050 m balandlikda joylashgan. Uning quvvati 1000 kVt tashkil etadi.
10.8-rasm. Katta quyosh uchoq, Parkent sh., О‘zbekiston.
10.9-rasm. KQUdagi geliostatlar.
Dostları ilə paylaş: |