часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
1146
jarayoni g'oyaning paydo bo'lgan vaqtidan XYuS ishga tushirilgunga va quvvatlar
o'zlashtirilgunga qadar uch bosqichdan iborat bo'ladi:
• tayyorgarlik ko'rish bosqichi;
• investitsion bosqich;
• operatsion bosqich.
Yuqoridagi bosqichlarning har biri bir necha quyi bosqichlardan iborat bo'lib, ularda
turli-tuman tadqiqot, konsultatsion, texnik va sanoat ishlari amalga oshiriladi, loyiha
siklining har bir bosqichi esa o'zaro bir-biri bilan bog'langandir. Loyiha siklining bosqichlari
bo'yicha kapital xarajatlarni taxminiy taqsimlanishi dastlabki (tayyorgarlik ko'rish) va
investitsion bosqichlarni o'z ichiga oladi. Loyihalarni moliyalashtirishning ikki asosiy
manbalari mavjud:
• o'z kapitali;
• kredit.
O'z korporativ kapitalini shakllantirish aksiyalarga (imtiyozli va oddiy) ochiq yozilish
yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qarziy mablag'Iar esa qisqa, o'rta va uzoq muddatli
bank kreditlari shaklida, shuningdek turli qarziy majburiyatlarni emissiya qilish yo'li bilan
jalb qilinadi. Moliyalashtirishning bunday tiplari o'rtasidagi prinsipial farq qarzdorning
kreditorlar oldidagi birinchi darajali javobgarligidadir.
O'z va qarz mablag'lar o'rtasida ma'lum bir balansga rioya etmoq zarur. Kreditor
nuqtai nazaridan qarz kapitalning yuqori salmog'i qarz oluvchi (qarzdor)ning risklilik
darajasini oshiradi, chunki unda xarajatlarning umumiy tarkibiy tuzilmasida foiz
to'lovlarining salmog'i ortadi va demak, foyda pasayadi.Qarziy moliyalashtirishning
ko'rinishlaridan biri lizingdir. Agar moliyalashtirish shartlari xorijda mahalliy shartlardan
keskin farq qiladigan bo'lsa, tizing asbob-uskunalarni sotib olishning ustuvor metodi
hisoblanadi
Moliyalashtirish shakllarining turli-tumanligi o'zgarib turishi mumkin. Biroq ular
tushumlar va asosiy xarajatlarning ta'minlanganligi uchun yetarli bo'lishi kerak. Ko'p
hollarda loyihani ishlab chiquvchilar investorlar va kreditorlarga uningjozibadorligini
ta'minlash maqsadida loyihaning qiymatini pasaytirishga harakat qiladilar.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirish usullari:
• O’z-o’zini moliyalashtirish
• Aksionerlashtirish
• Kreditlash
• Byudjetdan Moliyalashtirish
• Lizing orqali Moliyalashtirish
• Venchurli Moliyalashtirish
• Loyihaviy Moliyalashtirish
• Qarz mablag’lari orqali
• Jalb qilingan mablag’lar
• Chet el investitsiyalari va kreditlari