часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
442
Maktabgacha muassasalar ishini tashkil etish, uning mazmuni va metodlari yuzasidan
asosiy ko‘rsatmalar 1919-yilda Maorif xalq komissariati maktabgacha tarbiya bo'limining
vazifasi «Oila o ‘chog‘i va bolalar bog'chasini yuritish yuzasidan instruksiya»da bayon qilib
berilgan edi. Maktabgacha tarbiya sifatini yaxshilash uchun bolalar bog'chasi ishining ilmiy
asoslangan dasturini yaratish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. «Programma»ga oid har bir
hujjat muayyan tarixiy bosqichda vujudga keldi va maktabgacha tarbiya nazariyasi va
amaliyoti rivojlanishining tegishli bosqichini aks ettirdi.
«Programma»ning dastlabki loyihasi 1932-yilda chiqarilgan edi. Bu hujjat bolalar
faoliyatining tegishli turlariga mos keladigan bilimlardan: ijtimoiy-siyosiy tarbiya, mehnat
tarbiyasi, musiqaharakat tarbiyasi, tasviriy faoliyat, matematika, savod bo‘limlaridan iborat
edi. Unda bolalar bog‘chasidagi bolalar bilan ishlash vazifalari va hajmini belgilashga urinib
ko'rilgan edi. «Programmaking vujudga kelishi esa maktabgacha tarbiya muassasalari ishini
tartibga solishga, tarbiyachi-pedagoglar faoliyatiga ko'proq yo‘nalieh va mazmun
bag‘ishlashga yordam berdi.
1934-yilda takomillashtirilgan «Tarbiyalash programmasi» nashr etildi. Unda bolalar
bog'chasida bolalarning ko‘p qirrali hayotini tashkil etish va uning mazmuni masalalariga
katta e’tibor berildi. «Programma»da ijtimoiy tarbiya, jismoniy tarbiya, rasm chizish, loy va
plastilindan narsalar yasash, mehnat mashg‘ulotlari, nutqni o‘stirish, kitob va rasmlar bilan
mashg‘ulotlar, tabiat haqidagi bilimlarning kurtaklari, dastlabki matematik tasawurlarni
rivojlantirish, savod chiqarish mashg'ulotlari bo'limlari bor edi.
Shu bilan birga unda muhim kamchiliklar mavjud edi, chunonchi, murakkab bilish
materialining kiritilganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik
jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roliga yetarli baho berilmaganligi shular
jumlasidandir. 1938-yilda «Bolalar bog‘chasining tarbiyachisi uchun qo'llanma» nashr etildi.
Unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri yoritildi.
Shaxsni har tomonlama kamol toptirish, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish
haqida aniqroq gap yuritildi. «Qo‘llanma»da ilgarigidek, bolalar bilan ishlash mazmunini
yosh guruhlariga qarab emas, balki tarbiyaning ayrim bo'limlari bo‘yicha belgilangan edi.
Bu esa u yoki bu yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun dastur materialini tanlashda
tarbiyachini qiyin ahvolga solib qo‘yar edi. Jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyaning ko‘pgina
masalalari
«Qo‘llanma»da yetarli darajada o‘z aksini topdi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarga ta’lim berish masalalari ilmiy asosda ochib berilgan, ota-onalar bilan ishlash ham
yetarli yoritilgan edi.
1953-yilda bolalar bog‘chasida ta’limning joriy etilishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya
ishlari sifatini oshirish va bolalarni maktabgacha tayyorlash maqsadlarida «Qo‘llanma»
qayta ishlab chiqildi. Unda tarbiyachining rahbarlik roli ta’minlangan holda tashkil etilgan
mashg‘ulotlarda bolalar o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan bilim mundarijasi ancha aniq
ko‘rsatib berildi.