часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
443
1959-yil may oyida «Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish,
maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash
tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Qarorda jumladan mahalliy sharoit va
imkoniyatlarni hisobga olgan holda bolalar muassasalarining ikki tipini — yasli va bolalar
bog'chalarini yagona maktabgacha muassasaga (yasli bog‘cha) birlashtirilishi hamda yasli
va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish
ko‘zda tutildi.
Yangi hujjatga maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar psixologiyasi va bolalarning
o‘sishini o'rganadigan yondosh fanlar to'plagan ma’lumotlar hamda maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarni tarbiyalashning eng yaxshi usulini umumlashtirish asos qilib olindi.
«Ilk yoshdan to maktabga kirish yoshigacha bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan
ta’lim-tarbiya ishlarining yagona programmasi» birinchi marta 1962-yilda e’lon qilindi.
«Programma»da e’tibor tarbiya jarayonida yosh davomiyligi o‘rtasidagi aloqa uzilib
qolishini tugatishga qaratilgan edi. Ilgarigi pro-grammaning metodik jihatlariga qaraganda
unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ko‘proq aks ettirildi.
«Mashg‘ulotlarda ta’lim berish» bo'limida taqdim etilgan material ta’lim berishda
sistemalilikni amalga oshirish, bolalarning bilim minimumini to‘la o ‘zlashtirish, ularning
atrofdagi voqelik, predmetlar va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini anglay olishlari uchun
qulay sharoitlar yaratdi.
«Programma», shuningdek, bola shaxsiyatini har tomonlama kamol toptirish uchun
zarur bo‘lgan muayyan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar, yurish-turishdagi ijobiy odatlar,
axloqiy fazilatlarni shakllantirishni ham ko‘zda tutdi. Unga mashg'ulotlar, dam olish, ko'ngil
ochish, uyqu, ovqatlanish, sayr qilish rejimi kiritilgan. Tarbiyachi «Bolalar bog'chasida
tarbiya programmasi»ga ko‘ra, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga o ‘yinlar, ko‘ngil
ochish va mehnat orqali ta’lim berish, turmush jarayonida tarbiyalashning ko‘p tomonlama
vazifalari hal etilishini ta’minlamog'i kerak edi.
1969-yilda takomillashtirilgan «Bolalar bog‘chasida tarbiya dasturi» chop etildi. U
ilmiy tadqiqot va eng yaxshi ish tajribasidan foydalanish asosida tuzilgan bo‘lib, maktablar
boshlang'ich ta’limining yangi programmaga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablarni hisobga
oldi. Shundan keyingi yillarda bu «Programma » ba’zi qo‘shimcha va tuzatishlar bilan bir
necha marta, masalan, 1978-yilda, 1988- va 1995-yillarda qayta nashr etildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta’lim-tarbiyada ham
ko‘pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug'ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta
ishlangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o'zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab
etilardi.
Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat, jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni
sog‘lom, aqlli, xushxulqli tarbiyalash vazifasi qo‘yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh
avlodning qanday voyaga yetishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O’z navbatida jamiyat
taraqqiyoti millatning ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. Sogiom avlodni tarbiyalash davlat
va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.