Международный
научный
журнал
№
10
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
май
, 2023
641
Soliq xizmati organlarida joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalarining tuzilishi
va tarkibi hamda unga yuklatilgan vazifalar soliq tizimida boshqaruvni avtomatlashtirish
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga u takomillashib, yangilanib borish xususiyatiga ega.
Soliq xizmati organlarida soliq ob’ektlari va ularning tushumlari hamda soliq ishini
tashkil etishning avtomatlashtirilgan (axborot texnologiyalarini qo‘llash) shakllarini yaratish
va realizatsiya qilishdan unumli foydalaniladi. Soliq xizmati organlarida ish jarayonlarini,
shuningdek, soliq ob’ektlari, tushumlari va soliq to‘lovchilarning holati va harakati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yaratish va unga zamonaviy axborot
texnologiyalarni qo‘llash ishlari tashkil etiladi. O‘zbekiston soliq tizimida bu borada 30 dan
ortiq maxsus dasturiy mahsullardan foydalaniladi[1].
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish,
malakali xodimlarni tayyorlash, kompyuter jihozlari, dasturiy mahsullar bilan ta`minlash
hamda zamon talabidan kelib chiqib, soliq idoralarida jamlangan hisobotlarni elektron
ko`rinishda quyi soliq xizmati organlaridan Davlat soliq qo`mitasiga uzatish, Davlat soliq
qo`mitasi tomonidan beriladigan operativ topshiriqlarni davlat soliq boshqarmalariga va
davlat soliq inspeksiyalariga to`g`ridan – to`g`ri uzatish masalalari, shu bilan birga soliq
to`lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni ro`yxatga olish, ularni davlat budjeti oldidagi
majburiyatlarining bajarilishi haqidagi ma`lumotlarni yagona soliq to`lovchilar bazasida
saqlash va boshqa masalalar dolzarb masalaga aylandi[3].
Soliq tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashda bir
qancha muammolar yuzaga keladi. O’sha muammolardan birni axborot xavsizligini
ta’minlash hisoblanadi. Davlatning aхbоrоt хavfsizligini ta`minlash muammоsi milliy
хavfsizlikni ta`minlashning asоsiy va ajralmas qismi bo`lib, aхbоrоt himоyasi esa davlatning
birlamchi masalalariga aylanmоqda. Axborotni himoyalashning turli usullari mavjud bo`lib,
elektron hujjat aylanishi tizimiga o`tilayotgan bugungi kunda elektron raqamli imzo asosida
hujjatlar aslligini tasdiqlash va ularni himoya qilish iqtisodiy axborot almashinuvida eng
qulay usullardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: