часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
517
2. Kishilar muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo’llar bilan bir-birining
motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o’tkazishi, biror harakatga undashi
va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va
korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko’rsatishi mumkin.
3. Affektiv-kommunikativ funksiya – inson emotsional sohasining regulyatsiya
(boshqarish) qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining eng
muhim determinantidir. Chunki turli-tuman emotsional holatlar muloqot jarayonida
paydo bo’ladi va o’zgaradi.
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular
bilan munosabatga kirishishi, aloqa o`rnatishi, o`zaro tushunishga erishishi va kerakli
axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir
tomoni, uning axborot aspekti-kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi. Biroq predmet
yasash bilan birga inson o`zi yasagan predmetda o`zini “translyatsiya” qiladi, ya`ni o`zini
boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (ko`rilgan bino, yozilgan qatorlar,
o`tkazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o`zini
ko`rsatadigan vositadir. Chunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. Shunday qilib,
faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir.
Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil etadi.
Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va
konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.
Muloqotning
shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar
va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.
Muloqotning
kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan
nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.
Muloqotning