часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
495
2. Bepul taʼlim - bepul taʼlim berish bilan birgalikda oʻquvchilarga barcha oʻquv
jihozlari va tushlik ham bepul taqdim etiladi.
3. Individuallik – darslarni oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan oʻqituvchilar
yoki yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilar alohida shugʻullanishadi. Finlyandiyada oʻquvchilar
qoʻshimcha darslarga qoldirilmaydi.
4. Amaliylik – oʻquvchilarni imtihonga emas balki hayotga tayyorlash. Darslarda
oʻquvchilar, masalan, viza kartadan qanday foydalanish, shartnomalar tuzish, saytlar
yaratish, tikish, ovqat pishirish, marketing va sotuv ishlari bilan shugʻullanish kabi amaliy
ishlar bilan shugʻullanadilar.
5. Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati – barcha maktablardagi oʻqituvchilar
magistratura darajasiga ega boʻlishlari shart. Oʻquvchilarga uy vazifasi deyarli berilmaydi,
ota-onalar farzandlari bilan uyda shugʻullanmaydi va oʻqituvchilarning oʻquvchilarni
hayotga tayyorlashiga toʻliq ishonishadi.
6. Ixtiyoriylik – dars jarayonida qay darajada ishtirok etish oʻquvchilar ixtiyorida.
Oʻqituvchilar oʻquvchilarni darsga qiziqtira olmasalar oʻquvchilar sinfni tark etishi yoki
oʻzlari yoqtirgan boshqa biror mashgʻulot bilan shugʻullanishlari mumkin.
7. Mustaqillik – fin taʼlim tizimida oʻqituvchilar oʻquvchilarni imkon qadar oʻzlari
bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari kerakligiga yoʻnaltiradi. Bilimlarni hayotda qanday
tatbiq etish koʻnikmalari amaliy mashgʻulotlar yordamida shakllantiriladi. Oʻquvchilarning
har qanday fikrlari inobatga olinadi va qoʻllab quvvatlanadi .
Finlyandiya taʼlimining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u barcha
darajalarda, yaʼni maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimga qadar toʻliq bepul taʼlim olishni
taʼminlaydi. Shuningdek, barcha oʻquv materiallari, darsliklar, sogʻliqni saqlash xizmatlari va
maktabga qatnash transport xizmatlari ham bepul amalga oshiriladi hamda boshlangʻich va
oʻrta taʼlimda barcha oʻquvchilarga maktablarda bepul tushlik beriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalari ularning
davlatlarini rivojlanishiga katta xizmat qilib kelmoqda. Xitoyliklarning ―Bir yilni ko’zlasangiz
sholi eking, ellik yilni ko’zlasangiz daraxt eking, yuz yilni ko’zlasangiz farzand tarbiyalang
degan hikmatidan bugungi kunda xorij davlatlarning deyarli barchasi samarali
foydalanmoqda. Shu nuqtai-nazardan, bizning mamlakat ham unib-o’sib kelayotgan
barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratmoqda. Bu borada kerak bo’lsa, xorijiy
davlatning ilg’or tajribalaridan unumli foydalanish orqali milliy ta’lim va tarbiya tizimini
yanada takomillashtirish davr talabi hisoblanadi. Zero, mamlakatimiz ezgu maqsad-
uchinchi Renessans davrini barpo etishni rejalashtirgan. Ana shunday ezgu maqsadlarni esa
albatta bugungi kunda voyaga yetayotgan avlod amalga oshiradi. Maktabgacha ta‘lim va
tarbiya esa ana shu avlodni ta‘limning birinchi bo’g’inidan savodli va tarbiyali bo’lishini
ta’minlashga xizmat qilishi kerak.