Issn 171-381x innovations in technology and science education volume issue 7



Yüklə 458,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.05.2023
ölçüsü458,7 Kb.
#109126
1   2   3   4   5   6
272-277

ISSN
2171-381X 
INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND 
SCIENCE EDUCATION 
 
VOLUME 2 
ISSUE 7 
 
ta`minlash uchun zarur bo`lgan har qanday qattiqqo`llik qonun bilan qattiq qoralanishi 
kerak” deb belgilab qo`yilgan. Shuningdek 1948-yil 10-dekabrda BMT Bosh 
Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasi”ning 11-moddasi 1-bandida: “Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir 
inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud majlisi yo’li 
bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir” 
degan qoida mustahkamlanganligining guvohi bo`lishimiz mumkin. Xuddi shunday 
1966-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to`g`risida”gi 
xalqaro paktning 14-moddasi 2-bandiga ko`ra:” Jinoyat sodir etganlikda 
ayblanayotgan har qanday kishi qonunga muvofiq aybi isbotlanmaguncha aybsiz deb 
sanalish huquqiga ega” deb belgilab qo`yilgan. Aybsizlik prezumpsiyasi ko`plab 
davlatlar Jinoyat-protsessual qonunchiligiga implementatsiya qilingan. Misol uchun 
Rossiya Federatsiyasining 2001-yil 18-dekabrda qabul qilingan Jinoyat-protsessual 
kodeksining 14-moddasida:” Ayblanuvchi jinoyat sodir etishda uning aybi ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan belgilangan 
tartibda isbotlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi 
o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas. Ayblovni isbotlash va gumon qilinuvchi 
yoki ayblanuvchini himoya qilish uchun ilgari surilgan dalillarni rad etish ayblov 
tomoni zimmasiga tushadi. Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bartaraf etilishi 
mumkin bo'lmagan ayblanuvchining aybiga oid barcha shubhalar ayblanuvchi 
foydasiga talqin etiladi. Ayblov hukmi taxminlarga asoslanishi mumkin emas.” deb 
belgilab qo`yilgan 
Aybsizlik prezumpsiyasi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham o`z 
aksini topgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko`ra: 
“Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, 
oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda 
ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab 
beriladi.” degan norma mustahkamlab qo`yilgan. Shuningdek aybsizlik prezumpsiyasi 
O`zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligining rahbariy prinsiplaridan 
biri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 23-


WWW.HUMOSCIENCE.COM
274 

Yüklə 458,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin