Кадырова М.
–
преподаватель Ташкентского государственного педагогического университета
Аннотация.
В данной статье рассматривается эффективность преподавания в высшем
образовании и повышения качества образования за счет использования инновационных методов
в образовательном процессе.
Ключевые слова:
качество образования, мониторинг, высшее образовательное
учреждение, метод, инновация, инновационная идея, образование, креативный, педагог.
ROLE OF THE TEACHER IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION USING INNOVATIVE
METHODS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS
Khojaev A.
–
teacher of the Tashkent State Pedagogical University
Kadyrova M.
–
teacher of the Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
This article discusses the effectiveness of teaching in higher education and
improving the quality of education through the use of innovative methods in the educational process.
Key words:
quality of education, monitoring, higher education institution, method, innovation,
innovative idea, education, creative, teacher.
Pedagogikaning rivojlangan tajribalari hamda taʼlimda erishilgan yutuqlarni amaliyotga olib kirish
bugungi kunning muhim shartlaridan hisoblanadi. Hozirda oʻqituvchi oʻz faoliyati davomida foydalana
olishi
mumkin boʻlgan ulkan tajribalar ba
zasi shakllangan va u kundan kunga yanada boyib bormoqda.
Lekin shunga qaramasdan, oʻqituvchilar va boʻlajak kasb egalari tomonidan ana shu tajribalarni
oʻzlashtirib olishlari birmuncha mushkullik bilan amalga oshmoqda. Buni oʻqituvchilar tomonidan mazkur
tajribalarni tahlil qilish hamda tanlash malaka va koʻnikmalarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan
izohlash mumkin. Ular oʻzlarining amaliy faoliyatlari davomida toʻplanib borayotgan tajribalari va
hamkasblarining faol
iyatlarini koʻzdan kechirishga yetarlicha eʼtibor bermayotganliklarini koʻp hollarda
kuzatishimiz mumkin.
89
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3
Rivojlangan pedagogik tajribalar maʼlum bir darajada cheklanganlik xarakteriga ega hisoblanadi.
Qolaversa, pedagogik tajribalar yangi elementlarni ham
oʻzida mujassamlashtirib, ular taʼlim amaliyoti va
nazariyasini boyitish xususiyatiga ega. Pedagogning mavqeyi
ilgʻor tajribalarni vujudga keltirishda va
ularni kasbdoshlari oʻrtasida ommalashtirishda oʻz ahamiyatini koʻrsatadi. Aynan mana shuning uchun
h
am yangi tajribalarni amaliyotga kiritish va ommalashtirishda subyektiv omillarni alohida eʼtiborga olish
lozim. Taʼlim beruvchi yangi ilgʻor pedagogik tajribani amaliyotga joriy etishda uning qimmati hamda qay
darajada
samarali
ekanligiga
eʼtibor
berishi
kerak.
Oʻqituvchi
amaliy
faoliyatining
innovatsiyaga
yo‘nalganligi
nazariy pedagogik tadqiqotlar natijasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga
joriy etish imkoniyatini beradi. Aynan mana shunday tadqiqotlar natijalarini ommalashtirish uchun ularni
keng jamoatchilikka tanishtirish talab etiladi. Bunday yangiliklarni soha mutaxassislari tomonidan tezkor
maslahatlar berish, maxsus seminar hamda treninglar oʻtkazish, konferensiyalarda maʼruzalar
qilish,
boʻlg‘usi
pedagoglarga esa turkum maʼruzalar havola etish or
qali boshqa pedagogika vakillariga
yetkazish mumkin.
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: “Ilgʻor pedagogik gʻoyalar va texnologiyalarni keng jamoatchilik
vakillariga yetkazuvchilari hamda targʻibotchilari kimlar?” Alohida pedagog yoki taʼlim
muassasasi
tajribasini oʻrganib chiqish, ommalashtirishda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachi –
pedagoglari,
umumiy oʻrta taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim, oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib
boradigan yetuk professor-
oʻqituvchil
ar, pedagoglar bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning
sababini quyidagicha izohlash mumkin:
•
innovatsiya muallifi muayyan pedagogik gʻoya yoki yangilikning istiqboli toʻgʻrisida kerakli va aniq
fikr bera olmaydi;
•
ilgʻor pedagoglar har doim ham oʻz gʻoyalarini ommalashtirish haqida o‘ylayvermaydilar.
Sababi
yangilik pedagogning qoʻshimcha vaqti, mehnatini talab qiladi;
•
gʻoya har doim ham uning yaratuvchisi tomonidan ilmiy
-metodik jihatdan yetarlicha
asoslanmaydi;
•
mualliflar oʻzlarining innovatsiyalari
va ularni amaliyotga joriy etish yoʻllarini bayon qilishda
oʻzlari va kasbdoshlarining individual xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqlarga uchrashadi;
•
nafaqat
pedagogik innovatsiyalarni targʻib qilish va ommalashtirish, balki ular asosida
pedagoglar faoliyatiga tuzatishlar kiritish boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy bilimdonligi va mahoratini
boyitish vazifasi ham ijodiy guruhning zimmasiga yuklanadi;
•
innovatsiyalarni tizimli tanlash, monitoring oʻtkazish, innovatsion gʻoyalar, texnologiyala
rga
baho berish, oliy taʼlim muassasalari ish tajribalarini raqamli texnologiyalar asosida boyitish vazifalari
ham ijodiy guruh aʼzolari zimmasidadir.
Innovatsion gʻoya muallifi amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan faoliyatni boshqarishda ishtirok
etmaydi. Bu tarzdagi yondashuv innovativ pedagogning imkoniyatlarini kengaytirish va uni muayyan
maqsadga yoʻnaltirishga zamin yaratadi.
Innovativ pedagogika asoschisi va ommalashtiruvchining quvvatlari shu tariqa bir nuqtaga
jamlanib, maʼlum bir maqsadga yoʻnaltiriladi. Pedagogik innovatsiyalar oʻzining muayyan oʻlchovlariga
ega. Pedagogik innovatsiyalar boʻlgʻusi oʻqituvchining kreativ faoliyatini shakllantiradigan quyidagi
oʻlchovlardan aytishimiz mumkin:
- innovatsion usullarning naqadar yangi ekanligi;
- uning optimalligi;
- qanchalik samara berishi;
-
ommaviy tajribada qoʻllash imkoniyati va shu kabilar.
90
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3
Innovatsion usullarning asosiy oʻlchovi ularning yangiligi, ilmiy tadqiqot natijalari hamda ilgʻor
pedagogik tajribalar bilan tengligidadir. Shu sababdan ham innovatsion jarayonda faoliyat olib borish
istagida boʻlgan oʻqituvchilar uchun yangilikning asl mohiyati nimadan iborat ekanligini tushunish muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.
Oʻtkazilayotgan tajriba maʼlum bir oʻqituvchi uchun yangilik boʻlsa, boshqasi uc
hun esa bu usul
yangi boʻlmasligi mumkin. Qolaversa, boʻlajak pedagoglar uchun ayni bir usulni yangilik darajasi turlicha
boʻlishi mumkin. Ana shularni eʼtiborga olgan holda boʻlajak pedagoglar ham, taʼlim tizimida faoliyat olib
borayotgan oʻqituvchilar ham innovatsion ijodiy faoliyatga oʻzlarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda
yondashishlari lozim boʻladi. Bu esa o‘z navbatida pedagoglarning shaxsiy oʻziga xosliklari, individual
-
psixologik xususiyatlari bilan chambarchas bogʻliq hisoblanadi.
Bo‘lg‘usi
p
edagoglarning kreativ funksiyalarini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi innovatsion usullar
yangiligi darajasiga koʻra bir qancha shakllarda namoyon boʻladi:
–
absolyut daraja;
–
lokal-absolyut daraja;
–
shartli daraja;
–
subyektiv daraja;
Bu farqlar ularnin
g qoʻllanish sohasi va aniqlik darajasi bilan bogʻliq.
Innovatsion pedagogik yangilikdan koʻzlangan maqsadga erishish uchun yetarlicha kuch quvvat
sarflashni taqozo
qiladi. Har bir pedagog oʻzining individual faoliyati davomida turlicha darajadagi
samarado
rlikka erishadi. Taʼlim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni kiritish asosida imkon qadar kam
kuch va vaqt sarflagan holda yuqori samaradorlikka erishish hamda kafolatlangan natija olish nazarda
tutiladi. Aynan mana shuning oʻzi pedagogik innovatsiyalarni
ng optimallik darajasini belgilaydi.
Innovatsion usullarning oʻlchovi pedagog faoliyatida ijobiy natijalarga erishgandagina namoyon
boʻladi. Oʻlchovlardagi texnologiya, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi oʻqitishning yangi
usullari, metodlarini
baholash orqali namoyon boʻladi. Mazkur oʻlchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning
idroki va tushunchalarini shakllantirishning bir butunligida namoyon boʻladi.
“Innovatsion
pedagogik
yangiliklarni
ommaviy
tarzda
amaliyotda
qoʻllash
ularni
baholashning mezoni
sifatida talqin etiladi. Pedagogik amaliyotda mazkur gʻoyalar va texnologiyalar tor,
cheklangan darajadagi qoʻllanish darajasiga ega boʻlib qoladi. Bu, asosan, oʻquv jarayonining texnik
taʼminoti va oʻqituvchi faoliyatining oʻziga xosligi bilan bogʻliq. Bunday vaziyatda pedagogik yangiliklar
haqida fikr yuritish ahamiyatsizdir.
Ommaviy pedagogik tajribalarda pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qoʻllash alohida oʻqituvchilar
ish faoliyatining boshlangʻich bosqichida namoyon boʻladi
[2]. Mazkur innovatsiyalar tajriba-
sinovdan
oʻtkazilib, obyektiv baholangandan soʻng ommaviy tarzda qoʻllash uchun taqdim etiladi. Keng
ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda
boʻlajak oʻqituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq boʻladi
[3].
Pedagogik
innovatsiyalarni
baholash
jarayonida
muayyan
bilimlar
va
ulardan
foydalanish mezonlarini
bilish boʻlajak oʻqituvchining pedagogik ijodning rang
-barang shakllarini
oʻzlashtirishi uchun qulay s
haroit yaratadi. Pedagogik madaniyatning oddiy esda qolgan bilimlarni
takrorlash shaklidan boshlab, ilmiy pedagogik jamoatchilikka maʼlum boʻlgan gʻoyalar, konsepsiyalar,
texnologiyalarni oʻz shaxsiy faoliyatiga singdirishda ularni
evristik, kreativ ishlab chiqish va amaliyotga
joriy etishga qadar boʻlajak pedagoglarning kundalik harakati mazmunini tashkil etish lozim.
Taʼlim muassasalarida auditoriya mashgʻulotlarini olib boruvchi pedagoglar tajribalarining tahlili
shundan dalolat beradiki, pedagogik yangi
liklarni amaliyotga joriy etishda sustkashlikka yul qoʻyish
taʼlim sifatini oshirishga sezilarli darajada oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi.
91
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3
Innovatsion yangiliklarning amaliyotga qoʻllanilmay qolib ketayotganligining ikkita muhim
sababini keltirib oʻtish
mumkin va ular quyidagilar:
•
umumtaʼlim maktablariga kirib kelayotgan innovatsion yangiliklar yetarlicha tahlil
hamda tajriba-sinovlardan
oʻtmayapti;
•
bunday yangiliklarni amaliyotga joriy etish tashkiliy, texnik, shaxsiy-psixologik jihatdan oldindan
tayyorlanmayapti.
•
innovatsion taʼlim texnologiyasi tizimida oʻqituvchining oʻrni va vazifalari aniq belgilanishi zarur;
•
natijaga, maqsadga olib boruvchi
ma’lum
yoʻl;
•
ilmiy rivojlanishning turli davrlarida vujudga kelgan, oʻrganish jarayonining fundamental va toʻl
iq
metodik tizimi.
•
talaba uchun qulay va erkin muhitni yaratish, yangi bilimlarni oʻzlashtirishda tabiiy qiziqish
va
ishtiyoqni kuchaytirish;
•
ogʻzaki, yozma va ijodiy qobiliyatlarni kuchaytirish uchun taʼlimiy jarayonda emotsiya, hissiyot,
tajribalarning e
ʼtiborga olinishi;
•
jismoniy hamda emotsional imkoniyatlar darajasiga qarab tezkor maʼlumotlarni oʻzlashtira olish,
tahlil qilish va qaror qabul qilish, mustaqil taʼlim olishga oʻrgatish.
Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni va oʻlchovlari haqidagi aniq tasavvur ularni qoʻllash
metodikasi boʻlajak oʻqituvchilarining ongi va faoliyatiga singdirilishi birinchi darajali ehtiyojga
aylanmoqda.
Pedagogik innovatsiyalarni taʼlim muassasalari hayotiga keng koʻlamda olib kirish uchun ularda
yangilik muhitini yaratish, muayyan axloqiy-psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy, metodik,
psixologik xarakterdagi chora-
tadbirlarni qoʻll
ash talab etiladi. Buning uchun
oliy taʼlim muassasalarida
boʻlajak oʻqituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish, ularni peda
gogik innovatsiyalar bilan izchil
qurollantirib borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq
qilishga oʻrgatish talab etiladi. Oliy taʼlim
muassasasida innovatsion muhitni vujudga keltirmaslik boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlash sifatiga ham
keskin taʼsir koʻrsatadi. Natijada talabalar amalda pedagogik yangiliklardan yetarlicha xabardor
boʻlmaydilar. Bu esa, oʻz navbatida, ulardagi ijodkorlik, yaratuvchanlikning rivojlanmasligiga, aksincha,
soʻnib borishiga sabab boʻlishi mumkin. Boʻlajak pedagog kadrlarn
ing innovatsiyalarni izchil
oʻzlashtirganliklari sababli pedagogik jamoadagi qulay muhitda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar
orasidagi qarama-qarshiliklar darajasi pasayib, kasbiy faoliyatdagi zamon talabiga javob bermaydigan
metod va usullar taʼlim si
fatini oshirishdagi muammolar qisman
boʻlsa
-da
bartaraf etiladi. Taʼlim
muassasasidagi innovatsion muhitda oʻqituvchining yangilikka boʻlgan munosabati namoyon boʻladi.
Oʻqituvchining innovatsion faoliyatini oʻrganishga yoʻnaltirilgan
tashxislash metodlari ham rang-
barangdir. Pedagogik yangiliklarni yaratish, oʻzlashtirish va qoʻllash imkonini beradigan texnik
muammolar pedagogik tajribalarni tashxislash
negizida oʻrganilishi lozim.
Tashxislash metodlaridan
foydalanish oʻqituvchi faoliyatining kuchli jihatl
arini namoyon qiladi[4].
Shuning uchun ham boʻlajak oʻqituvchilarni
tashxislashning zamonaviy metodikalari bilan
qurollantirish davr talabid
ir. Boʻlgʻusi pedagoglarning kasbiy ehtiyoj va xohishlarini hisobga olgan holda
ularda kasbiy-
pedagogik etikani shakllantirish va uzluksiz rivojlantirishga yoʻnaltirilgan toʻlaqonli
maqsadli faoliyatni amalga oshirish lozim. Aynan mana shu asosda har bir y
osh oʻqituvchining
yaratuvchanlik faoliyati bilan shugʻullanishi, ijodiy faoliyat olib borishi, tashabbus koʻrsatishi uchun qulay
sharoit yaratish koʻzda tutiladi.
Pedagogik innovatsiyalarni tashxislash
asosida oʻrganishda har bir pedagog tajribasida ijobi
y,
rivojlantiruvchi holatlar bilan bir qatorda salbiy koʻrinishlar ham mavjudligini hisobga olish zarurligini
unutmaslik kerak. Yosh pedagog taʼlim muassasasida samarali faoliyat koʻrsatishi uchun uning ish
92
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3
tajribasida mavjud boʻlgan ijobiy hamda salbiy ji
hatlarni tashxislash
asosida yaqqol koʻrsatish talab
etiladi.
Innovatsion
jarayonlarni
oʻrganish
maqsadida
qoʻllaniladigan
tashxislash metodlari
quyidagilardan iborat ekanligini boʻlajak pedagoglarda tasavvur hosil qilish, ongiga aniq yetkazish lozim.
Bular:
–
boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega boʻlgan
yoʻnalishlarni tizimli tarzda oʻrganish, bunda oʻqituvchilarning faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklar va
ularni bartaraf etish imkoniyatlarini aniqlash;
–
ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiladigan gʻoyalar, konsepsiyalar hamda
ilgʻor pedagogik tajribalarni izlab topish va oliy pedagogik taʼlim amaliyotiga joriy etish;
–
boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik innovatsiyalarni oʻzlashtirish va qoʻllash jarayonidagi oʻziga
xoslik va ularning turli-
tuman koʻrinishlarini aniqlash, bunda namoyish qilish, tasvirlash, ochiq darslar
oʻtkazish, yangi manbalar ustida ishlash, maʼruzalar tashkil etish, tajriba
-sinov ishlarida ishtirok etish
singari faoliyat turlaridan keng foydalanish kabilar.
Pedagogik innovatsiyalarni tashxislash
asosida oʻrganishga
yo‘naltirilgan
amaliy ishlarni ham bir
necha bosqichlarda oʻtkazish tavsiya etiladi:
•
boʻlajak oʻqituvchilardan dastlabki bosqichda anketa soʻrov
lari, anketa savollariga olingan
javoblarni ekspertizadan oʻtkazish, individual suhbatlar tashkil etish va anketa savollariga olingan
javoblardagi maʼlumotlarni tasdiqlash, tashxis natijalari asosida olingan maʼlumotlarni tahlil qilish.
•
mazkur bosqichda bi
rinchi bosqich natijalari asosida boʻlajak oʻqituvchining kasbiy
-pedagogik
malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar rejalashtiriladi hamda ularni amalga oshirish yoʻllari
koʻrsatiladi.
•
ushbu bosqichda amalga oshirilgan ishlar yakunlanib, takroriy tashxislash
oʻtkaziladi. Mazkur
jarayonda boʻlajak oʻqituvchining oraliq hamda yakuniy natijalarni olishga yoʻnaltiriladi. Guruhdagi
talabalar faoliyatida roʻy bergan oʻzgarishlar chuqur tahlil qilinadi.
Kuzatishlar shuni koʻrsatmoqdaki, boʻlajak oʻqituvchilarning hosil qilgan kasbiy koʻnikma,
malakalari va tajribalarini tashxislash hamda ularni tashxislash metodlari bilan qurollantirish hamda
kasbiy pedagogik taʼlim jarayonini innovatsion gʻoyalar asosida qayta qurish talabalarning kreativ
faoliyatini samaral
i rivojlantirish imkonini beradi. Buning natijasida boʻlajak oʻqituvchilarni ijodiy faoliyat
koʻrsatishga, tashabbuskorlikka undash imkoniyati vujudga keladi.
Oʻqituvchining ijodiy pedagogik faoliyati inson ongi,
xulqini shakllantirishga, pirovard natija
—
barkamol insonlar avlodini yaratishga
bo‘ysundirilgan
vazifalarni ijobiy hal qilish jarayonidir. Shu nuqtayi
nazardan, har qanday
pedagogik tizimda, xususan, innovatsion taʼlim texnologiyalari tizimida
oʻqituvchining, ustoz
-shogird tizimining pedagogik fa
oliyatiga eʼtiborsizlik samarasiz hisoblanadi.
Aksincha, oʻqituvchi faoliyati qanchalik faollashsa, taʼlim oluvchilarning
xatti-harakatlari qanchalik ijodiy,
qiziqarli, istiqbolli tashkil etilsa, albatta, qoʻllanilayotgan taʼlim texnologiyalarining samarad
orligi ortadi.
Shuningdek, loyihalashtirilgan oʻquv maqsadi yengil amalga oshadi hamda kutilayotgan natijaga tezroq
erishiladi. Bu fikrlardan kelib chiqib:
•
oʻqituvchi yangi kasbiy lavozim —
“oʻqituvchi
-
texnolog”, “pedagog
-
texnolog” darajasiga
koʻtarilishi
kerak;
•
“oʻqituvchi
-
texnolog” maxsus bilim, koʻnikma, malakaga ega boʻlishi kerak;
•
“oʻqituvchi
-
texnolog”ning
pedagogik jamoa oʻrtasida nufuzi, salohiyatining ortishi, maʼnaviy,
moddiy manfaatdorligining taʼminlanishi boʻyicha aniq tadbirlar amalga oshirilgan boʻlishi zarur.
Taʼlim sifatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha taʼlim muassasalarida
pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etib, fan-
texnika yutuqlariga asoslangan oʻquv jarayonining
93
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3
innovatsion pedagogik texnologiyalarda
n foydalanishda esa, pedagog oʻqituvchilardan bilim, koʻnikma
va malakalarni talab qilinadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashgʻulotlarda
oʻqituvchilar dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishlari, albatta, samarali nat
ijalarni
beradi[5].
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mahalliy hamda xorijiy olimlarning ilmiy hisob-kitoblari,
erishgan natijalari va tahlillari natijalariga murojaat
qiladigan boʻlsak, “metod” atamasi ikkita
asosiy
ma’noga
ega ekanligini
ko‘rish
mumkin bo‘ladi:
Zamonaviy rivojlanish til bilish kompetensiyalarini egallash orqali turli davlatlarning yetakchi oliy
taʼlim muassasalari olimlari izlanishlari, ular tomonidan ishlab chiqilgan va taʼlim sifatini oshirishda
qoʻllanilgan raqamli va innovatsion metodlarni tahlil qilgan holda sinchkovlik bilan tanlanishi orqali
xarakterlanadi.
Innovatsion metodlarni tanlash mobaynida quyidagi mezonlar, albatta, hisobga olinishi kerak
boʻladi:
Faoliyatning turli shakllari ana shu maqsadlarga erishishda muhim ahamiyatga egadir. Amaliy
tajribalar talabaning shaxsiyati hamda qiziqishlari xorijiy tilni oʻzlashtirish sifatiga bevosita taʼsir
k
oʻrsatishini tushunishga imkon beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy
faollikka, mustaqil fikrlashga, oʻz vazifalarini qiyinchiliksiz hal qila olish qobiliyatiga ega boʻlgan yetuk
mutaxassislarni tarbiyalash uchun bugungi kunda pedagog-
oʻqituvchilarimiz
zamonaviy, yangi
innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishlari taʼlim
-tarbiyaning sifat va samaradorligini
oshirishning asosiy omili ekanligini, buni esa davr talab etayotganligini tushunib yetishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |