15-chizma. Iste`molchining optimal tanlovi.
15-chizmada uchta befarqlik egri chizig`i ifodalangan bwlib, ular iste`molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – wrtacha qoniqish; I1– eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste`molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. Iste`molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan kwproq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng kwp ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.
D nuqtada iste`molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta`minlovchi tovar va xizmatlar twplami eng kwp qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig`ining byudjet chizig`i bilan kesishgan joyida yotadi.
Xulosalar:
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining wziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog`liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta`siri hamda ularning wzaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning faoliyatini belgilab beradi.
Talab – ehtiyojning pul bilan ta`minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning wsib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning kengayishi esa narxning wsishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil wzgaruvchi) bilan talab (tobe` wzgaruvchi) wrtasida teskari bog`liqlik mavjud.
Talab ikki xil ywnalishda wzgaradi: biri talab hajmining wzgarishi bwlib, talab egri chizig`i bwylab xarakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning wzgarishi bwlib, talab egri chizig`ining wzini wnga yuqoriga yoki chapga pastga qarab siljitadi.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bwlib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan unga bog`liq emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta`sir kwrsatadi. Taklif bilan narx wrtasida twg`ri bog`liqlik mavjud, narxlarning wsishi taklifning wsishiga olib keladi va aksincha.
Talab va taklifning wzaro ta`siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.
Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning wzgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog`liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida kwpaytirish imkoniyatini taqazo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini kwpaytirishlar kiradi. Qisqa davrli muvozanatlikda taklif hajmining oshganligi munosabati bilan bir zumlik muvozanat holatida wrnatilgan narxga nisbatan past narx wrnatiladi.
Uzoq davrli muvozanatlik wzgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qwshimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog`liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bwlishi ham mumkin bwladi. Uzoq davrli muvozanatlikda qiska davrga nisbatan past narx wrnatiladi.
Xwjalik amaliyoti uchun bozor sub`ektlarining narx wzgarishiga bwlgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi kwrsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yalpi tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bwlsa, narx bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bwlsa xarakat bir tomonlama bwladi.
.
Dostları ilə paylaş: |