11-jadval. Muzqaymoq iste`mol qilishdan olingan swnggi qwshilgan va yalpi naflilik
Iste`mol qilingan muzqaymoqlar soni
|
Swnggi qwshilgan naflilik (MU)
|
Yalpi naflilik (U)
|
0
1
2
3
4
5
6
|
-
4
3
2
1
0
-3
|
0
4
7
9
10
10
7
|
Jadvaldan kwrinadiki, musbat ishorali swnggi qwshilgan naflilikning oshib borishi bilan, yalpi naflilik miqdori wsib bormoqda. Biroq, bu wsish sur`ati muzqaymoqlarning navbatdagi soni qwshilishi bilan pasayib bormoqda. Manfiy ishorali swnggi qwshilgan naflilik yalpi naflilikning qisqarishiga olib kelmoqda.
Iste`molchi tovarlarning turli twplamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste`molchi wzining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad twliq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan swnggi qwshilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bwlishi lozim, ya`ni:
,
bu erda: MU – X va Y tovarlarning swnggi qwshilgan nafliligi; P – ularning narxi.
Bu qoida oldingi bobda kwrib chiqilgan Gossenning ikkinchi qonuniga muvofiq tushadi hamda iste`molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.
Iste`molchi wzining wz didi va ruhiyatiga kwra turli xil tovarlar twplamini ma`qul kwrishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma`lum bir twplamini boshqa biriga taqqoslab kwradi. Iste`molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig`i muhim rol` wynaydi.
Dostları ilə paylaş: |