Istemolchilar elektr energiya sarfini meyorlash



Yüklə 23,31 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü23,31 Kb.
#133828
ELEKTR TARMOQLARI VA TIZIMLARI


Istemolchilar elektr energiya sarfini meyorlash
Hozirgi kunda uy-joy qurilishi sohasidagi zamonaviy tendentsiyalardan biri qurilishni loyihalashtirish va qurish bo'lib, unda rejalashtirish yechimlari atrof-muhitga do'stlik va energiya samaradorligi bilan birlashtiriladi. Ushbu loyihani amalga oshirish butun dunyodagi energiya tejamkor binolarni qurish boshlanishiga olib keldi. Hozirgi kunda binolarni yoritishda energiya tejamkorligini oshirishda, elektr energiya sarfini qisqartirish maqsadga muvofiqdir va bu sohada quyidagi ikkita asosiy yo‘l ishlab chiqildi.  binolarda uy-joy inshoatlarida, yoritishning nominal quvvatini pasaytirish;  yoritish sistemalaridan foydalanish vaqtini kamaytirish. Yoritish sistemalarining nominal (o‘rnatilgan) quvvatini pasaytirish uchun birinchi navbatda, kichik quvvatli yoritgich bilan kerakli oqimni beruvchi samaraliroq yorug‘lik manbalariga o‘tishni bildiradi. Yoritish sistemalaridan foydalanish vaqtni kamaytirish uchun yoritish qurilmalarini zamonaviy boshqarish tuzilmalarini rostlash va nazorat qilishni tatbiq etish bilan erishiladi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, yoritishning o‘zgarmas o‘rnatilgan quvvatida, haqiqiy iste`mol etilayotgan quvvat va energiya iste`moli pasayadi. Yoritish yuklamasini boshqarish uni to‘g‘ri taqsimlash ikkita asosiy usul bilan amalga oshiriladi:  Uy-joy binolarida barcha yoki bir qism yoritgichlarni o‘chirish bilan yani (diskret boshqarish);  yoritgichlarning quvvatini ravon o‘zgartirish (barcha uchun bir xil yoki yakka tartibda). Diskret boshqaruv tizimiga, birinchi navbatda turli surat relelari (surat avtomatlari) va taymerlarni kiritish mumkin. Birinchilarining ishlash printsipi tashqi yoritilganlik datchiklari signali bo‘yicha yuklamani yoqish va o‘chirishga asoslangan. Ikkinchilari oldindan kiritilgan dastur bo‘yicha kecha va kunduz vaqtiga bog‘liq holda yoritish yuklamasini kommutatsiyalashni amalga oshiradi. Yoritishni diskret boshqarish tizimlariga hozir bo‘lish datchiklari bilan jihozlangan avtomatlar kiradi. Ular binodagi yoritgichlarni oxirgi inson chiqib ketganidan keyin ma`lum vaqtdan so‘ng o‘chiradilar. Bu diskret boshqarishning eng iqtisodiy turidir, lekin bunda tez-tez yoqish va o‘chirish xisobiga lampalarning xizmat ko‘rsatish muddati qisqarishi mumkin. Fuqaro binolarining elektr iste‘molchilarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
-xonadonlarning elektr iste‘molchilari;
-umumbino elektr iste‘molchilari.
Birinchi guruhga yoritish va elektr asboblar; Ikkinchisiga esa zinapoyalar, cherdaklar vestibyullar, xollar, lift qurilmalari, ventilatsion tizimlar va har xil yong‘inga qarshi qurilmalardagi yoritkichlar kiradi.
Xonadonlardagi elektr yoritish cho‘g‘lanma lyuminissent lampalar yordamida amalga oshiriladi. Maishiy elektr asboblariga quyidagilar kiradi:
-isituvchi;
-xo‘jalik, madaniy-maishiy;
-sanitariya gigiyenik; -maishiy havo konditsionerlari, suv isitkichlar;
-xonalarni isitish uchun asboblar.
Zinalar vestibyullar xonalar va dahlizlarni yoritish uchun cho‘g‘lanma va lyuminissent lampalar ishlatiladi. Lyuminissent lampalarning ishlash vaqti kata va kushlanish tebranishiga ta‘siri kamroq.
Hozirda iste`molchilar tomonidan energiya tejamlovchi yoritgichlardan va yorug‘lik texnikasi buyumlaridan foydalanish rivojlanmoqda. Yaxshilangan iste`mol qilish sifatlariga ega bo‘lgan holda (yuqori yorug‘lik berish, spektr bo‘yicha qulay va chiroyli, lipillamaydigan yorug‘lik va h.k.), zamonaviy energiya tejamlovchi yoritgichlar iqtisodiyotligi va ishlatishda ishonchliligi jihatdan barcha talablarga javob beradi. Jamoa binolarining asosiy xonalarida atrof-muhit sharoiti va bajarilayotgan ishga muvofiq ravishda lyuminissent lampali yoritkichlardan foydalaniladi. Ichki va tashqi yoritish uchun yoritish turlari quyidagilarga bo‘linadi: metallogalogen, natriyli, ksenonli lampalardan ham foydalaniladi. Yordamchi xonalarda (omborlar, bazalar) cho‘g‘lanma lampalar ishlatiladi.
ELEKTR TARMOQLARI VA TIZIMLARI
Elektr tarmoqlariga qo‘yiladigan asosiy talablar. Elektr tizim elementlarining nominal kuchlanishi. Elektr tarmoqlari tuzilishi va sxemasi. Elektr uzatish liniyalarining tuzilishi, sxemasi, vektor diagrammasi. Elektr yuklamalari grafigi. Elektr tarmoqlari hisobining asosiy turlari. Elektr uzatish liniyasining almashtirishsxemasi. Elektr uzatish liniyalarining o‘tkazuvchanligi. Ikki, uch cho‘lg‘amli va chulg‘amlari bog‘langan transformatorlar. Avtotransformatorlar. Liniya va transformatorlardagi isrof tushunchalari. Elektr uzatish liniyalarini to‘rt qutbliklaridan foydalangan holda hisoblash. Taqsimlovchi maxalliy ochiq elektr tarmoqlarni hisoblash. Berk zanjirlarli taqsimlovchi maxalliy elektr tarmoqlar. Ikki tarafdan ta’minlanadigan liniyalarni hisoblash. Liniyaning zaryad toki va zarya quvvati. Katta uzunlikka ega bo‘lgan liniyalarning hisobi. Aktiv va reaktiv quvvat balansi va elektr tizimlarida kuchlanish rostlash holati. Elektr tarmoqlarida nosimmetriya va uni kamaytirish tadbirlari. Elektr energetika tizimida kuchlanish va toklar shakllarining nosinusoidalligi va unga qarshi kurash. Elektr tarmog‘ining ish rejimlari. Reaktiv quvvat manbalari va uning xususiyatlari. Chastota va aktiv quvvatni rostlash. Kuchlanish va reaktiv quvvatni rostlash. Reaktiv quvvat kompensatsiyasi. Texnik-iqtisodiy xisoblar, sim va kabellarning kesim yuzasini tanlash. Tokning iqtisodiy zichligi bo‘yicha simlarning kesim yuzasini tanlash. Simning kesim yuzasini kuchlanishining ruxsat etilgan yo‘qotilishni bo‘yicha tanlash.

RELELI HIMOYA VA AVTOMATIKA


Rele himoyasiga qo‘yiladigan talablar. Nonormal holatlar. Qisqa tutashuv turlari. Rele va ularning turlari. Relelarning ulanish sxemalari. Tok transformatorlari. Vazifasi. Aniqlilik darajasi. Tok transformatorining yuki va ulanish sxemalari. Kuchlanish transformatorlari, vazifasi, ish rejimi, ulanish sxemalari. Elektr mexanik va elektrmagnit relelar. Yordamchi relelar. Induksion relelar. Induksion quvvat yo‘nalish relelar, ish prinsipi. Sinusli va kosinusli relelar. Magnito-elektrik va yarimo‘tkazgichli relelar. Qutblangan relelar. Himoya zanjirida operativ tok manbalari, vazifasi, turlari, sxemalari. Tokli himoyalar. Maksimal tokli ximoya (MTX) sxemalari, ishlash toki va sabr vaqti, sabr vaqti tokka bog‘lik MTX. Kuchlanish bo‘yicha ishga tushuvchi MTX. O‘zgaruvchan MTX. Tokli kesim, sxemalari, parametrlari. Uch pog‘onali himoya. Yo‘naltirilgan himoyalar. Differensial himoyalar, turlari. Parametrlari va ishlash prinsipi. Transformator himoyasi. Shikastlanishlar va nonormal holatlar. Gazli va tokli himoyalar. Transformatorlarning differensial himoyasini vazifasi, parametrlari, sxemalari, turlari. Faza bo‘yicha kompensatsiyalash. Asinxron va sinxron motorlar himoyasi, shikastlanish turlari va nonormal rejimlar, himoya turlari va sxemalari.

ELEKTR TA’MINOTI


Sanoat korxonalarining elektr energiya iste’molchilarini guruhlash. Sanoat korxonalari va iste’molchilarning elektr yuklama grafiklar. Elektr yuklama grafiklarini xarakterlovchi asosiy kattaliklar. Elektr ta’minoti tizimida hisobiy yuklama va uni aniqlash usullari. Hisobiy yuklamani tartibga solingan diagrammalar usuli yordamida aniqlash. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan sex tarmoqlarining sxemalari. Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash masalalari. Elektr yuklamalari kartogrammasi va yuklamalarning shartli markazini aniqlash. Transformatorlar. Podstansiyalarda kuch transformatorlarining soni va quvvatini tanlash. Elektr energiyasining sifat ko‘rsatkchilari. Tok va kuchlanish shakllarining nossimmetriyaligi va nosinusoidalligi. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemalari. Tashqi va ichki sxemalar. Havo va kabel liniyalarining ko‘ndalang kesim yuzalarini tanlash. Kabel liniyasini qisqa tutashish tokining termik chidamliligi sharti bo‘yicha tanlash. Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv. Qisqa tutashuv toklarini hisoblash. Elektr apparatlarini tanlash. Ichki va tashqi elektr ta’minoti tizimi uchun elektr apparatlarini tanlash. Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvatni avtomatik rostlash sxemalari. Shaharlar elektr ta’minoti tizimi. SHaharlarda elektr energiya iste’molchilari. Lift qurilmalari xarakteristikalari va parametrlarini tanlash. Shahar tarmoqlarida hisobiy elektr yuklamalarni aniqlash. Shaxar taksimlovchi tarmoklarning xususiyatlari.Chet el mamlakatlarining shahar elektr ta’minot sxemalari.6-10 kV li ta’minlovchi tarmoqlarni qurish. Radial zaxiralanmagan tarmoq. Sirtmok va yarim-yopiq tarmoqlar. Binolar elektr tarmog‘i sxemalarini qurish. Turar-joy binolarida elektr tarmogini taqsimlash sxemalari.Jamoat binolarida elektr energiyani ichki taqsimlash sxemalari.1000 V gacha kuchlanishda ishlatiluvchi apparatlar.Taqsimlovchi uskunalar. Elektr ta’minoti tizimida texnikiqtisodiy hisoblar. Shahar elektr tarmoqlari parametrlarini optimizatsiyalash va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili. Kabel liniyalarining texnik-iqtisodiy xususiyatlari.Kabel liniyalarining kesim yuzalarini iqtisodiy tanlash va optimallashtirish. Transformatorlar va shaharlar kichik podstansiyalarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. Shahar elektr ta’minoti tizimida podstansiyalar va ular bilan bog‘liq sarf harajatlar. Shahar elektr ta’minoti tizimida elektr energiyani 6-10 kV kuchlanishda uzatishning ratsional masofasi. Taqsimlovchi tarmoqlarning kuchlanishini tanlash. Shahar elektr tarmoqlarida kuchlanishni transformatsiyalashning pog‘onalarini tanlash. Kabel kesim yuzasini ruxsat etilgan qizish shartlariga ko‘ra tekshirish. Shahar podstansiyasi transformatorlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. Chuqur kirib brogan tarmoqlar sxemalari. Shahar elektr tarmoqlarida quvvat va elektroenergiya isroflarini aniqlash. Shahar elektr tarmoqlarida elektroenergiyani hisobga olish va nazorat qilish. Kirish. O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi, bugungi holati va istiqbollari.

STANSIYA VA PODSTANSIYALARNING ELEKTR QISMI


Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi va neytrallariing ish rejimlari. Elektr tizimining uskunalari (generatorlar, transformatorlar, liniyalar va boshgqalar) mo‘ljallangan nominal kuchlanish bilan xarakterlanadi. Sinxron generatorlar. Generatorlarning nominal parametrlari. Turbogeneratorlar va gidrogeneratorlarning tuzilishi. generatorlarning sovitish tizimlari. Sinxron generatorlarni qo‘zg‘atish tizimlari. Generatorlarning o‘z – o‘zini va mustaqil qo‘zg‘atish tizimlari. Generatorlarni qo‘zg‘atishini avtomatik rostlash (ARV). Sinxron generatorlar maydonini so‘ndirish. Sinxron kompensatorlar. Kuch transformatorlarining turlari va ularning parametrlari. Kuch transformatorlarining sovitish tizimlari. Havo va moy bilan tabiiy sovitish. Transformatorlarni moyni puflash va tabiiy sirkulyasiyalash yo‘li bilan sovitish. Moy – suvli sovitish tizimi. Transformatorlarning o‘ta yuklanish qobiliyati. Avtotransformatorlarning tuzilishi va ish rejimlari. Transformatorlarning kuchlanishini rostlash. Shoxobchalarni qo‘zg‘atmasdan (PBV) ularni qayta ulash. Transformatorlar kuchlanishini yuklama ostida rostlash. Avtotransformatorlarda kuchlanish rostlash. Elektr yoyi va uni so‘ndirish usullari. Kuchlanishi 1000 voltdan kichik bo‘lgan elektr jihozlar. Past kuchlanishli apparatlar. Rubilnik va qayta ulagich. Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgich. Avtomatik havo uzgichlari. Saqlagichlar. Kuchlanishi 1000 voltdan kata bo‘lgan elektr jihozlari. Yuqori kuchlanishli uzgichlar. Moyli bakli uzgichlar. Kam moyli uzgichlar. Havoli uzgichlar. Elektromagnit, vakuumli uzgichlar. Elegazli va sinxron uzgichlar. Yuqori kuchlanishli ajratkichlar. Ularning tuzilishi va ishlash tamoili. Ichki va tashqi qurilmalar uchun ajratkichlar. Qisqa tutashtirgichlar va bulgichlar.Tok transformatorlari. Kuchlanish transformatorlari. Asosiy elektrotexnik uskunalarning va tok o‘tkazuvchi qisimlarni tanlash. Rubilnik, avtomat, kontaktor, saqlagich, ajratkich va uzgichlarni tanlash. Tok transformatorlari va kuchlanish transformatorlarini tanlash. Stansiya va podstansiyalarning elektr ulanish sxemalari. Elektr qurilmalarining bosh sxemalariga quyiladigan asosiy talablar. Stansiya va podstansiyalarning struktura sxemalari. IES larning bosh sxemalari. Katta quvvatli IES larning tipik sxemalari. AES larning bosh sxemalari. AES larning tipik sxemalari. GES va GAES larning bosh sxemalari. GES va GAES larning elektr ulanish sxemalari. Stansiya va podstansiyalarning o‘z ehtiyoj tizimlari. Elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi tizimlari (ENHAT) tushunchasi va pog‘onalari. Elektr ta’minoti tizimida ENHATni tashkil etish va qurish. Ma’lumotlarni yig‘ish va unga ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish. Sanoat korxonalarida ENHATni tashkil etish. Elektr energiya sifatini nazorat qilish. Elektr energiyasi hisoblagichlari – ENHATning asosiy quroli. Elektr ta’minoti tizimida ENHATni tashkil etishda muzokoralar va tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish. Avtomatlashtirilgan tizimlarni tashkil etishda ishtirok etadigan tashkilotlar. Texnik topshiriq va uning avtomatlashtirilgan tizimlarni qurishdagi o‘rni. Avtomatlashtirilgan tizim va texnik topshiriqni muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi. ENHATning texnik vositalari.

O‘TKINCHI JARAYONLAR


O‘tkinchi jarayonlar turlari va o‘tkinchi jarayonlar xaqida asosiy tushunchalari. Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarni xisoblashdan maqsad. Elektr sistema elementlari, ularning almashtirish sxemasi va parametrlari. Elektr sistemada qisqa tutashuvning paydo bo‘lish sabablari va oqibatlari. Qisqa tutashuvni xisoblashda qabul qilinadigan shartlar. Qisqa tutashuv tokini xisoblash uchun qo‘llaniladigan usullar. Qisqa tutashuvni xisoblashda tugun tenglamalarini qo‘llash. Sodda uch fazali zanjirdagi o‘tkinchi jarayonlar. O‘tkinchi jarayonning so‘nish doimiysi. Qisqa tutashuv tokining oniy va samarali (effektiv) qiymatlari. Sistema rejimini hisoblashda qullaniladigan nisbiy birlik-lar sistemasi. Sinxron mashinaning stator va rotor chulamlarida kechadigan o‘tkinchi jarayonni xisoblashda qo‘llaniladigan almashtirish sxemalari va tenglamalari. Sistema elementlarining fazaviy koordinatalar sistemasidagi tenglamalari va almashtirish sxemalari. Sistema elementlarining Park – Gorev tenglamasi. Sinxron mashinalarning tashqi zanjirda sodir bo‘lgan simmetrik qisqa tutashuvlarda kechadigan o‘tkinchi jarayonlar. Oddiy elektr sistema elementlarining matematik modelini tuzish. Simmetrik tashkil etuvchilar usuli. Rejim va sistema parametrlarini simmetrik tashkil etuvchilar usuli orqali ifodalash. Sistemaning simmetrik va nosimmetrik qisqa tutashuv rejimni simmetrik tashkil etuvchilar usuli yordamida taxlil qilish. Sistemaning qisqa tutashuv toklarining ketma ketligiga bo‘lgan almashtirish sxemasini tuzish va xisoblash tenglamalarini keltirish. Sistemaning tugun kuchlanish tenglamalari. Sistemaning qisqa tutashuvlarini xisoblashda tugunlar tenglamalarini qo‘llash. Sistemaning bir karrali va kup karrali nosimmetrik rejimini xisoblashning amaliy usullari. Elektr mexanik o‘tkinchi jarayonlar haqida asosiy to‘shinchalar. Elektr mexanik o‘tkinchi jarayoning asosiy tushinchalari va holatlari. Elektr sistema holat va rejim parametrlari, hamda ular orasidagi bolanishlar. Sinxron generator va sinxron kompensatorlarning qo‘zatish sistemasining tavsifi va tenglamalari. Sinxron generator va sinxron kompensatorlar-ning qo‘zatishni avtomatik rostlagichlari. Boshqariladigan elektr sistemaning matematik modellari. Noayon va ayon qutbli sinxron generatorli sistemaning kompleks almashtirish sxemasi va vektor diagrammasini qurish. Odiy elektr sistemasining vector diagrammasi va undan rejim parametrlari orasidagi bolanishni aniqlash. Elektr sistemaning statik turg‘unligi. Oddiy elektr sistemaning statik turg‘unlik zaxirasi koeffitsienti va uni oshirish yo‘llari. Statik turg‘unlik mezoni. Oddiy elektr sistemada aktiv quvvatning ideal va xaqiqiy uzatilish chegarasi, va unga QARning ta’siri. Oddiy elektr sistemada aktiv quvvatning xaqiqiy uzatilish chegarasini aniqlash tartibi. Sinxron generator rotorining nisbiy xarakat tenglamasi va uni echish yo‘llari. Oddiy boshqarilmaydigan sistemaning xarakteristik tenglamasini echish orqali sistemaning statik turg‘unligini tekshirish. Oddiy boshqariladigan sistemaning xarakteristik tenglamasini echish orqali statik turg‘unligini tekshirish. Oddiy elektr sistemaning burchak xarakteristikasi va statik turg‘unlik koeffitsientiga elementlar aktiv qarshiligi va kompensatsiyalovchi qurilmalarning ta’siri.Elektr sistemaning dinamik turg‘unligi. Oddiy elektr sistemaning dinamik turg‘unligi va uni xisoblashda qo‘llaniladi-gan asosiy farazlar. Sistemaning normal, avariya va avariyadan keying rejimlarining almashtirish sxemasi va quvvat xarakteristikasi. Elektr sistemaning dinamik turg‘unligi zaxirasi va mezoni, dinamik turg‘unlikka uzatilayotgan aktiv quvvatning ta’sirini taxlil qilish. Elektr sistema dinamik to‘runligiga qisqa tutashuv turining va vaqtining ta’sirini taxlil qilish. Elektr sistemaning dinamik turuniligiga QAR va AQU ta’siri. Qisqa tutashuv vaqtining va burchagining chegaraviy qiymatlarini SG rotorining nisbiy xarakat tenglamasini echish orqali aniqlash. Murakkab elektr sistemaning dinamik turg‘unligini tekshirish. Elektr sistemada tusatdan sodir bo‘ladigan aktiv quvvat nobalansida uzoq davom etuvchi o‘tkinchi jarayonni tekshirish. Yuklama turgunlaridagi o‘tkinchi jarayonlar. Yuklamalarning statik va dinamik xarakteristikalari qurish tartibi. Yuklamalarning rostlash effekti. Rostlash effektiga mexanizmlar tormozlash momentining ta’siri. Kompleks yuklamali tugun. Kompleks yuklamali tugunning va asinxron motorning static turg‘unligi va statik turg‘unlik mezoni. Kompleks yuklamali tugunning static turg‘unligi zaxirasini oshirish yo‘llari va tadbirlari. Oddiy elektr sistemada kuchlanish va chastota kuchkisi, xamda uni bartaraf etish tadbirlari.

YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI


Gazlarda kechadigan elektrofizik jarayonlar. Yuqori kuchlanish exnikasida qo‘llaniladigan gazlarda ionlanish jarayoni. Dielektriklarda kechadigan razryadlanish jarayoni. Dielektriklarda kechadigan razryadlanish jarayonining mustaqilligi. Bir jinsli va nojinsli elektr maydonlarida razryadlanishning mustaqilligi. Bir jinsli va noxinsli maydonlar uchun Pashen qonuni. Bir jinsli va nojinslin elektr nmaydonlarida dielektriklar sirtida razryadlanish. Izolyatorlarning elektrik va mexanik xarakteristikalari. Osma, tayanch va o‘tuvchi izolyatorlarning elektrik xarakteristikalari. Osma, tayanch va o‘tuvchi izolyatorlarning mexanik xarakteristikalari Qittiq, suyuq va kombinatsiyalangan izolyasiyaning elektrik mustahkamligi. Stansiya va podstansiya elektr qurilmalari izolyasiyasining xarakteristikalari va konstruksiyalari. Tashqi va ichki izolyasiyaning elektrik mustahkamligi. Elektr uzatish tarmog‘ining izolyasiyasi. Havodagi elektr uzatish liniyasining izolyasiyasi. Yagona va pachalangan o‘tkazgichlar sirtida elektr maydoninng kuchlanganligi. Yuqori kuchlanish kuch kabellarining izolyasiyasi va turlari. Elektr mashinalari va apparatlarining izolyasiyasi. Aylanuvchan elektr mashinalarining izolyasiyasi. Kuch transformatorlari va yuqori kuchlanish kondensatorlarining izolyasiyasi. Elektr tarmog‘i elementlarining izolyasiyasini profilaktik sinash. Elektr uskunalar va jixozlarning izolyasiyasini profilaktik sinash masalasi va usullari. Elektr sistemasida kuzatiluvchi o‘takuchlanishlar. Elektr sistemalarida tashki (atmosfera) o‘takuchlanishlar. Elektr sistemalarida ichki (kommutatsiya) va rezonans o‘takuchlanishlar.O‘takuchlanishlardan himoyalash uskunalari, apparatlari va tadbirlari. Elektr sistemalarida qo‘llaniladigan yashin qaytargichlar o‘takuchlanishlardan himoyalashapparatlar. O‘ta kuchlanishlardan himoyalash tadbirlari.

ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI BOSHQARISH VA OPTIMALLASH Ishlab chiqarish va energetikada avtomatik boshqarish tizimining (ABT) o‘rni. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti haqida umumiy ma’lumotlar. Elektr ta’minoti tizimida (ETT) ABTni tashkil etish uslubi. Elektr ta’minoti tizimida ABTning tuzilmasi. Sanoat korxonalari ETT ABT. ABTning texnik vositalari. Asosiy ishlab chiqarish sexlari texnologik jarayonining ABT. SHaharlarning ETT ABT. Avtomatik dispetcherlik boshqarish tizimining (ADBT) umumiy tavsifi va asosiy masalalari. ADBTda foydalaniluvchi axborotlar. ADBTning asosiy nazariy va uslubiy masalalari. ADBTning operativ-axborotli boshqaruv majmuasi. Sanoat korxonalari yuklamasini optimal taqsimlash. Sanoat korxonalari va shaharlarning ETT larini optimallashda chegaraviy shartlarni hisobga olish. ETT holatlarini turli usullarda optimallashda funksional chegaraviy shartlarni hisobga olish. ETT holatini optimallashda texnologik jarayon faktorlarini hisobga olish usullari. Sanoat korxonalari asosiy ishlab chiqarish sexlarining optimal tarkibini tanlash masalasi. Sanoat korxonalari asosiy ishlab chiqarish sexlarining optimal tarkibini umumlashgan energetik tavsiflar asosida aniqlash.


ENERGIYA TEJAMKORLIGI ASOSLARI


Energiya tejamkorligining umumiy asoslari.Yoqilg‘i energetika resurslari. Energiya turlari, energiyani olish, o‘zgartirish va undan foydalanish. Energiya va energiya resurslari narxining tuzilishi. Yoqilg‘i energetika resurslarini me’yorlashtirish. Energiya tejamkorlikning huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasida energiya tejamkorligini boshqarish. Ikkilamchi energiya resurslari. Energiya resurslarini iste’mol qilishni hisobga olish va rostlash. Energetik tekshiruvi va menejment asoslari. Energetik pasportlash. Maishiy energiyani tejamlash. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash hisobiga energiyani tejash. Energiya tejamkorligi va ekologiya. Elektr tarmoqlarida energiyani tejash. Jamoat va sanoat imoratlari va ishnootlarida energiya tejamkorligi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI


1. Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2016. – 56 б.
2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза 2016 йил 7 декабрь. – Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2016. – 48 б.
3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б.
4. Аллаев К. Р. электромеханические переходнодные процессы: - Т.: ТГТУ, 2008. – 287 с. ил.
5. Аллаев К. Р. Электромеханик ўткинчи жараёнлар. Тошкент, ТошДТУ, 2007. - 227 б.
6. Электротехнический справочник: Т.З. Производство, передача и распределение электрической энергии. /Под обод. ред. профессоров МЭИ. – М.: Издательство МЭИ, 2004, 964 с.
7. Қодиров Т.М., Алимов Х.А. «Саноат корхоналарининг электр таъминоти» Ўқув қўлланма, Тошкент, 2006 й.
8. Аллаев Қ.Р., Сиддиқов И.Х., Ҳакимов М.Ҳ., Ибрагимов Р.И., Сиддиқов О.И., Шамсутдинов Ҳ.Ф. «Станция ва подстанцияларнинг электр жиҳозлари».-Ўқув қулланма, Т.: Чўлпон номидаги НМИУ, 2014. 304 б.
9. Блок В.М.-Электрические сети и системы-М. «Высшая школа», 1986г.
10. Каримов Х.Г. Расулов А.Н. Электр тармоқлари ва системалари. 1 қисим Тошкент 1996 г. 165 бет.
11. Ғойибов Т.Ш. Электр тармоқлари ва тизимлари. Мисол ва масалалар тўплами. ўқув қўлланма.-Т: ТошДТУ, 2006.
12. Таслимов А.Д., Рисмухамедов Д.А., Мамарасулова Ф.С.
Yüklə 23,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin