surtilishi, o‘chirgichlarning hamda boshqa apparatlarning moyli dempfyerlari esa moy bilan to‘ldirilishi shart.
Ushbu moyning muzlash harorati atrof-havoning qishki minimal haroratidan kamida 20 S past bo‘lishi shart.
11. TQ xonalarida deraza doimo yopiq bo‘lishi, moyi bor apparatlar o‘rtasidagi ochiq joylar o‘rni esa berkitib
tashlangan bo‘lishi kerak. Kabellar o‘tish joylaridagi barcha teshiklar zichlanadi. Xonalarning tashqi devorlaridagi
barcha teshiklar va darchalar, hayvonlar va qushlar tushishining oldini olish uchun to‘rlar bilan to‘siladi yoki
berkitiladi.
12. Havo tayyorlovchi qurilmalarning avtomatik boshqarish, himoya va signalizatsiya qurilmalari,
shuningdek, saqlovchi klapanlari davriy ravishda tekshiriladi va rostlab turiladi.
13. Ishchi bosimda siqilgan havoning nominal nisbiy namligi quyidagicha bo‘lishi shart:
nominal bosimi 2 MPa (20 kgs/sm ) bo‘lgan havoli o‘chirgichlar uchun va moyli o‘chirgichlarning hamda
boshqa kommutatsiya apparatlarining pnevmatik uzatmalari uchun 50 foizdan ortiq emas;
nominal bosimi 2,6 MPa (26 kgs/sm ) va undan yuqori bo‘lgan havoli o‘chirgichlar uchun 25 foizdan ortiq
emas .
Moyli o‘chirgichlar va boshqa kommutatsiya apparatlarining pnevmatik uzatmalari uchun agar quvurlarda
va uzatmalarda namlik muzlab qolishi xavfining oldi olingan bo‘lsa, nisbiy namligi 50 foizdan ortiq bo‘lgan
siqilgan havodan foydalanishga ruxsat beriladi.
14. Kommunikatsiya apparatlari uchun siqilgan havoni quritish¸ odatda termodinamik usul bilan amalga
oshirilishi kerak.
Siqilgan havoni talab etilgan quritish darajasi nominal ishchi bosimi 2 MPa (20 kgs/sm ) bo‘lgan apparatlar
uchun kommutatsiya apparatlarining nominal kompressor va nominal ishchi bosimi orasidagi farqning karrali
nisbati ikkidan kam bo‘lmaganda va nominal ishchi bosimi 2,6 — 4,0 MPa (26 — 40 kgs/sm ) bo‘lgan apparatlar
uchun to‘rtdan kam bo‘lmaganda ta’minlanadi.
Shuningdek, siqilgan havoni quritishning boshqa usullarini, masalan, adsorbsion usulni qo‘llashga ruxsat
etiladi.
15. Kompressor bosimi 4,0 — 4,5 MPa da (40 — 45 kgs/sm ) bo‘lgan havo yig‘gichlaridagi namlikni 3 sutkada
kamida 1-marta, doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan obyektlarda esa ekspluatatsiya tajribasi asosida tuzilib,
tasdiqlangan ish jadvali asosida chiqarib tashlash zarur.
Havo yig‘gichlar tubi va chiqaruvchi jo‘mrak isitilgan bo‘lishi va atrof-havo harorati manfiy bo‘lib namlik
chiqarib tashlanayotganda, muzni eritish uchun zarur vaqtga ulanadigan elektr isitish qurilmalari bilan
jihozlanishi shart.
Bosimi 23 MPa (230 kgs/sm ) bo‘lgan ballonlar guruhi kondensat yig‘gichlardan namlikni chiqarish
kompressorning har bir ishga tushirilishida avtomatik tarzda amalga oshirilishi shart. Namlik muzlab qolishining
oldini olish uchun ballonlarning pastki qismlari va kondensat yig‘gichlar elektr isitkichi bo‘lgan issiqlik
izolatsiyalangan kamerada joylashtirilishi shart. Siqilgan havoni tozalovchi bloklardan (keyingi o‘rinlarda — HTB)
keyin o‘rnatilgan ballonlar bundan mustasno. HTBning nam ajratkichini puflanishi sutkada kamida 3-marta
amalga oshirilishi kerak.
HTBdan chiqishda havoning quritish darajasini — shudring nuqtasini tekshirish sutkada 1-marta o‘tkazilishi
shart. Shudring nuqtasi ― atrof-havoning musbat haroratida, minus 50°S dan va manfiy haroratida, minus 40 S
dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
16. Havoli o‘chirgichlarda va boshqa kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida ishlatilayotgan siqilgan
havo mexanik aralashmalaridan har bir havoli o‘chirgichning taqsimlovchi shkaflarida yoki har bir apparat
uzatmasini ta’minlovchi xavo o‘tkazgichlarda o‘rnatilgan filtrlar yordamida tozalanishi shart.
Havo tayyorlovchi tarmoqning montaji tugaganidan keyin havoli o‘chirgichlar rezervuarlarini va boshqa
apparatlar uzatmalarini birinchi bor to‘ldirishdan oldin, barcha havo o‘tkazgichlar puflanishlari shart.
Ekspluatatsiya jarayonida siqilgan havo ifloslanishining oldini olish uchun quyidagi muddatlarda puflashlar
o‘tkazilishi shart:
atrof-havo harorati musbat bo‘lganda, magistral havo o‘tkazgichlarda kamida 2 oyda 1-marta;
tarmoqdan taqsimlovchi shkafgacha bo‘lgan shoxobchalar havo o‘tkazgichlarida va shkafdan
o‘chirgichning har bir qutbi rezervuarlarigacha va boshqa apparatlarning uzatmalarida ularni apparatdan
ajratgan holda, apparatning har bir o‘rta ta’miridan keyin;
havoli o‘chirgichlar rezervuarlarida ularni siqilgan havo bilan har bir to‘ldirishdan oldin; atrof-havoning
musbat haroratida kamida 1 oyda 1-marta, shuningdek, haroratning har bir keskin (15 — 20 S va undan ortiq)
pasayganida.
17. Havoli o‘chirgichlar va boshqa apparatlarning rezervuarlari, shuningdek, havo yig‘gichlar va ballonlar
bosim ostida ishlayotgan idishlarni o‘rnatish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalarida belgilangan talablarini
qanoatlantirishi shart.
Havoli o‘chirgichlar va boshqa yuqori kuchlanish apparatlarining rezervuarlari, O‘zenergoinspeksiya
hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Kompressor bosimili havo yig‘gichlar va ballonlarni, shuningdek, havoli o‘chirgichlar va boshqa apparatlar
rezervuarlarini ichki ko‘rikdan o‘tkazishda kamida 4 yilda 1-marta, ularning gidravlik sinovlari esa (havoli
o‘chirgichlar va boshqa apparatlar rezervuarlaridan tashqari) kamida 8 yilda 1-marta o‘tkazilishi shart.
Havoli o‘chirgichlar rezervuarlarini gidravlik sinovlari ko‘rikdan o‘tkazishda aniqlangan nuqsonlar,
rezervuarlarning mustahkamligiga shubha bo‘lgan hollarda o‘tkazilishi kerak.
Rezervuarlarning ichki yuzalari zanglashga qarshi qoplamaga ega bo‘lishi shart.
18. TQ magistral havo o‘tkazgichlarini puflash va filtrlar to‘ldiruvchisini almashtirish bir yilda kamida 1-marta,
havo quritgich to‘ldiruvchisini almashtirish zarurat bo‘yicha amalga oshiriladi.
19. Yuklama o‘chirgichlarining so‘ndiruvchi kameralarini tekshirish, gazni generatsiyalovchi yoy o‘chiruvchi
ichquymaning yemirilish va qo‘zg‘almas yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning kuyish darajasini aniqlash, korxona
elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda, yuklama o‘chirgichlari tomonidan amalga oshirilgan
operatsiyalar sonidan kelib chiqib, davriy ravishda o‘tkaziladi.
20. Havoli o‘chirgichlarda izolyatorlar ichki bo‘shlig‘i ventilatsiyasining ishlashi davriy tekshirilishi kerak
(ko‘rsatkichi bor o‘chirgichlar uchun).
Tekshirish davriyligi ishlab chiqaruvchi zavod takliflari asosida belgilanishi shart.
21. Elektr uskunalarini sinash Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq o‘tkaziladi.
22. TQ uskunalarini kapital ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak:
o
2
2
2
2
2
2
o
o
moyli o‘chirgichlarni 6 — 8 yilda 1-marta, ta’mirlar orasidagi davrda uzatmali o‘chirgichning xususiyatlari
nazorat qilib borilganda;
yuklama o‘chirgichlarini, ajratgichlar va yerga ulovchi pichoqlarni 4 — 8 yilda 1-marta (konstruktiv
xususiyatlariga bog‘liq holda);
havoli o‘chirgichlarni 4 — 6 yilda 1-marta;
alohidalagichlarni, ochiq pichoqli qisqa tutashtirgichlarni va ularning yuritmalarini 2-3 yilda 1-marta;
kompressorlarni 2-3 yilda 1-marta;
elegazli komplekt taqsimlovchi qurilmalarni 10 — 12 yilda 1-marta;
elegazli va vakuumli o‘chirgichlarni 10 yilda 1-marta;
tok o‘tkazgichlarni 8 yilda 1-marta;
barcha apparatlar va kompressorlarni ekspluatatsiya qilish muddatidan qat’i nazar, resursi tugagandan
keyin.
O‘rnatilgan uskunani birinchi marta ta’mirlash ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan
muddatlarda o‘tkazilishi kerak.
Ichki o‘rnatilgan ajratgichlar zarurat bo‘yicha ta’mirlanishlari kerak.
TQning qolgan apparatlarini (tok va kuchlanish transformatorlarini, aloqa kondensatorlarini va shunga
o‘xshash) kapital ta’mirlash ham zarurat bo‘yicha profilaktik sinovlar va ko‘rikdan o‘tkazishlar natijalarini hisobga
olib, amalga oshiriladi.
TQ uskunalarini joriy ta’mirlash, shuningdek, ularning ishlashini tekshirish (ishlatib ko‘rish) zarur bo‘lganda,
elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda o‘tkazilishi shart.
Navbatdan tashqari ta’mirlar uskunalar ishlamay qolganda, shuningdek, ularning kommutatsion yoki
mexanik resursi tugagan hollarda amalga oshiriladi.
23. Ustunli, machtali transformator podstansiyalarining va almashlab ulash punktlarining ajratkichlari
uzatmalari qulflangan bo‘lishi yoki boshqaruv dastagi olib qo‘yilgan va xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimda
saqlanishi shart.
Xizmat ko‘rsatish maydonchasining statsionar zinapoyalari ajratgichlar bilan blokirovka qilingan bo‘lishi va
qulflangan bo‘lishi shart.
24. TTda quyidagilar bo‘lishi shart:
yetarli miqdorda ko‘chma yerga ulagichlar;
himoya, yong‘inga qarshi va yordamchi vositalar (qum, o‘t o‘chirgichlar);
protivogazlar, respiratorlar va baxtsiz hodisalar tufayli jabrlanganlarga vrach kelguncha tibbiy yordam
ko‘rsatish vositalari.
Tezkor-chiqish brigadalari xizmat ko‘rsatadigan TQlar uchun ko‘chma yerga ulagichlar va himoya vositalari
tezkor-chiqish brigadalarida bo‘lishi mumkin.
25. Agar sxema bo‘yicha kuchlanish transformatorining ikkinchi tomonida kuchlanish paydo bo‘lish
ehtimoli bo‘lsa, kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari blok-kontaktlar yordamida avtomatik
tarzda birlamchi zanjir bilan bir vaqtda o‘chiriladi.
26. TQdagi barcha yozuvlar ushbu Qoidalarga
9-ilova
“Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlovchi
qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar” ga muvofiq bajariladi.
27. TQni ko‘rikdan o‘tkazishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish kerak:
xonalarning holatiga, eshik va derazalarning sozligiga, shipda va qavatlar orasidagi to‘siqlarda oqishning
yo‘qligiga, qulflarni borligi va sozligiga;
isitish va ventilatsiya, yoritish va yerga ulash tarmog‘ining sozligiga;
himoya vositalarining mavjudligiga;
apparatlardagi moy sathi, haroratiga va oqishining yo‘qligiga;
past kuchlanish panelidagi kontaktlar, rubilniklar holatiga;
hisoblagich va relelarda plombaning butunligiga hamda hisoblagichning ishlashiga;
izolatsiyaning holatiga (changlanishi, yoriqlar, razryadlar borligi va shunga o‘xshash);
signalizatsiya tizimining ishlashiga;
havoli o‘chirgichlar baklarida havoning bosimiga;
havo sirqishi yo‘qligiga;
o‘chirgichlar holatlari ko‘rsatkichlarining ko‘rsatishi sozligi va to‘g‘riligiga;
havoli o‘chirgichlar qutblari ventilatsiyasining mavjudligiga;
havoli o‘chirgichlarning sig‘im bo‘lgich kondensatorlaridan moy oqishi yo‘qligiga;
yilning sovuq vaqtlarida elektr isitish qurilmasining ishlashiga;
boshqaruv shkaflari berkitilishining zichligiga;
kommutatsiya apparatlariga va boshqalarga yengil kirish mumkinligiga.
28. TQ uskunalari davriy ravishda chang va iflosdan tozalanishi shart.
Tozalash muddatlarini, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligiga javobgar belgilaydi.
TQ xonalarni yig‘ishtirish va elektr uskunalarini tozalashni o‘qitilgan xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya
qilib, bajarishlari shart.
29. TQdagi zaxira elementlarning (transformatorlar, o‘chirgichlar, shinalar va boshqalar) sozligi mahalliy
yo‘qriqnomalarda belgilangan muddatlarda kuchlanish ostiga ulash bilan surunkali tekshirib turilishi shart.
30. Daraxtlar, shuningdek, balandligi 4 metrdan ortiq o‘simliklar bilan taqsimlovchi qurilmalar orasidagi
masofa shunday bo‘lishi kerakki, bunda daraxt ag‘anaganda uskunalar shikastlanmasligi lozim.
31. TQga va podstansiyalarga avtomashinalar kirish yo‘llari soz holatda bo‘lishi shart.
32. OTQ va YOTQning kabel kanallari va yer usti kabel lotoklari yonmaydigan plitkalar bilan yopilgan bo‘lishi
shart.
Avtotransportning kabel kanallari ustidan o‘tishga ruxsat etilgan joylari belgi bilan ko‘rsatilishi shart.
Tunnellar, kanallar, yerto‘lalar toza saqlanishi, drenaj qurilmalar esa suvni to‘siqlarsiz chiqib ketishini
ta’minlanishi kerak.
33. Asosiy izolatsiya sifatida yoki kirishlar va apparatlarni to‘ldirish uchun ishlatiladigan mastika sovuqqa
chidamli bo‘lishi kerak. Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
34. Moyli o‘chirgichlardagi, o‘lchov transformatorlari va kirish joylaridagi moy sathi atrof-havoning maksimal
va minimal haroratlarida moy ko‘rsatkich shkalasi chegarasida qolishi shart.
Germetik bo‘lmagan kirish joylaridagi moy namlikdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
35. YOTQdagi shinalarning ajraladigan ulashlaridagi qizishlarga doir tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha
statsionar va ko‘chma indikatorlar yordamida nazorat amalga oshirilishi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
11-ILOVA
Dostları ilə paylaş: