a) xizmat xonalari va yo‘laklarni, YOTQlarni doimiy to‘siqlargacha, boshqaruv shchiti xonalarini, shu
jumladan rele, o‘lchov va boshqa turli apparaturalar joylashgan panellar ortini tozalash;
b) OTQ hududini obodonlashtirish va tozalash, o‘t o‘rish, yo‘l va yo‘lkalarni qordan tozalash, avtomashnalarni
OTQ hududidan o‘tkazish, yuklarni tashish, tushirish, ortish va boshqalar;
v) kameralar va yacheykalardan tashqarida joylashgan yoritish apparaturasini (yoritish tarmog‘ining ishlar
bajarilayotgan uchastkasidan kuchlanishni olgan holda) ta’mirlash va lampalarni almashtirish; telefon aloqasi
apparaturasini ta’mirlash; elektr dvigatellarning cho‘tkalarini holatiga qarab turish va ularni almashtirish, elektr
mashinalarining kollektor va halqalari holatiga qarab turish, to‘siqlar va jihozlar qobig‘idagi yozuvlarni yangilash
va hokazolar;
g) YOTQ binosining qurilish qismini va OTQ hududida joylashgan binolarni ta’mirlash, poydevor va
portallarni, kabel kanallari bostirmasini, yo‘llar va devorlarni va shunga o‘xshashlarni ta’mirlash;
d) ulash sxemasidan vaqtincha chiqarilgan transformator va boshqa uskunalarning quritilishi ustidan
nazoratni amalga oshirish, sxemadan chiqarilgan uskunalardagi moyni tozalash va quritishda moy tozalovchi
hamda boshqa yordamchi apparaturaga xizmat ko‘rsatish;
e) havo qurituvchi filtrlarni tekshirish va ulardagi sorbentlarni almashtirish.
114. Mazkur Qoidalarning
115-bandda
ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega
bo‘lgan elektrotexnik xodim hisoblangan shaxs yakka o‘zi tomonidan bajarilishi mumkin.
Mazkur Qoidalarning
115-bandi
:
“a” kichik bandi
bo‘yicha ishlarni elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan I guruhga ega bo‘lgan shaxslar;
“a”
,
“b” kichik bandlar
bo‘yicha ishlarni joriy ekspluatatsiya tartibida tezkor xodimlar;
“g” kichik bandi
bo‘yicha ishlarni tezkor xodimlar yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega
maxsus ajratilgan kuzatuvchining kuzatuvi ostida elektrotexnik bo‘lmagan xodimlar tomonidan bajarilishiga
ruxsat etiladi.
115. Farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarga, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr
qurilmalaridagi o‘lchov asboblari, elektr energiyasini hisobga olish asboblari, aloqa, telemexanika, avtomatika,
releli himoya qurilmalarini montaj qilish, tekshirish, rostlash, ta’mirlashga echib olish va o‘rnatish ishlari,
kommutatsiya apparatlarning uzatmalarida, ikkilamchi zanjirlarida hamda masofadan va avtomatik boshqaruv
sxemalarining elektr uzatmalari zanjirida bajariladigan quyidagi:
a) kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok o‘tkazuvchi qismlari bo‘lmagan xonalardagi;
b) kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok o‘tkazuvchi qismlari doimiy yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar orqasida
joylashgan xonalardagi, shuningdek, komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — KTQ) va komplekt
transformator podstansiyalarning (keyingi o‘rinlarda — KTP) nazorat va o‘lchov asboblari o‘rnatilgan
bo‘linmalaridagi;
v) 1000 Vdan yuqori kuchlanishli to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar 35 kV va ungacha bo‘lgan
kuchlanishda o‘tish joyidan 2,75 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda, 110 kV kuchlanishda — 3,5 metrdan kam
bo‘lmagan balandlikda joylashganida, YOTQni boshqarish yo‘laklaridagi;
g) OTQning to‘rli to‘siq tashqarisiga chiqarilgan releli himoya shkaflaridagi, agregat shkaflari va o‘chirgichlar
uzatmalaridagi ishlar kiradi.
Bunda kuchlanish zanjirini o‘chirib qo‘yish va tok zanjirlarini shuntlash imkonini beruvchi maxsus qisqichlar
yoki sinov bloklari bilan jihozlanmagan o‘lchov transformatorlari orqali ulangan elektr o‘lchov asboblari va elektr
energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlar naryad bo‘yicha bajariladi.
116. Mazkur Qoidalarning
117-bandida
ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga ega bo‘lgan
tezkor xodimning yakka o‘zi tomonidan yoki ta’mirlash xodimlari yoki ixtisoslashtirilgan xizmatlarning xodimlari
hisoblangan kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi lozim. Ulardan bittasi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV dan past
bo‘lmagan guruhga, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha III dan past bo‘lmagan guruhga ega bo‘lishi kerak.
117. Ishlab chiqarish zaruratiga ko‘ra, davomiyligi 1 soatgacha bo‘lgan rejadan tashqari quyidagi ishlarni
tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlarga yoki ularning kuzatuvi ostida boshqa elektrotexnik xodimlarga farmoyish
bo‘yicha bajarishga ruxsat etiladi:
a) kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olinib, yerga ulagichlar o‘rnatib
bajariladigan ishlar. Bunday ishlarga alohida turgan elektr dvigatelga kabelni ulash va echib olish, saqlagichlarni
almashtirish, kuch transformatorining shoxobchalarini qayta ulash, uskunalar va shinalarning ayrim kontaktlarini
tozalash va tortib mahkamlash, moy to‘ldirilgan kirishlarga moy quyish va ulardagi sizib chiqishni bartaraf etish,
alohida apparatlarga moy quyish ishlari kiradi.
Bu ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan kuzatuvchini
qo‘shib hisoblanganda,kamida ikki kishi tomonidan bajariladi.
Ishga ijozat berishda, bunday ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, TQda ish joyini to‘sishdan
tashqari barcha texnik tadbirlar bajarilishi shart, Bunda TQda ish joyini to‘sishni mazkur Qoidalarga 9-ilovaning
15-bandi
talablaridan chekingan holda bajarmasa ham bo‘ladi;
b) kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan, yerga ulagich
o‘rnatilishini talab qilmaydigan ishlar. Bunday ishlarga: uskunalarning g‘ilofida bajariladigan ishlar, g‘ilof
armaturasini tozalash va mayda ta’mirlash, transformatorlarning kengaytirgichlaridagi moy sathini ko‘rsatuvchi
oynalarni va kuchlanish ostida bo‘lmagan o‘chirgich baklari va shunga o‘xshashlarni tozalash va mayda
ta’mirlash, moyni tozalash va quritish uchun apparaturani ulash, elektr o‘lchov qisqichlari bilan o‘lchashlar,
saqlagichlarni almashtirish, shtanga bilan kontaktlar qizishini tekshirish, shinalarning titrayotgan joylarini
shtanga bilan aniqlash, fazalashtirish, izolyatorlarni va ulovchi qismalarda shtanga yordamida bir marta nazorat
operatsiyasini bajarish, kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLga o‘rnatilgan yuqori chastotali kanallarning ulama
filtrlarini tekshirishdagi o‘lchashlar, agar uskunalarning tuzilishi bu ishlarni xavfsiz bajarish imkonini beradigan
bo‘lsa, ularga moy quyish va tekshirish uchun moy olish va shunga o‘xshash ishlar kiradi. Bu ishlarni elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodim hisoblangan shaxsni qo‘shib hisoblaganda,
kamida ikki kishi bajarishi shart. Bunda tezkor xodim ishlovchilar ustidan uzluksiz nazoratni amalga oshiradi.
Ikkinchi shaxs kamida III guruhga ega bo‘lishi mumkin.
118. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalaridan kuchlanish olinib, bir smena davomida
farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarga: magnitli ishga tushirgichlar, ishga tushirish tugmalari, avtomatik
o‘chirgichlar, rubilniklar, reostatlar, kontaktorlar hamda shchit va yig‘ilmalardan tashqarida o‘rnatilgan shularga
o‘xshash kommutatsiya apparatlarini ta’mirlash; alohida turgan elektr qabul qilgichlarni (elektr dvigatellarni,
elektr kalorifyerlarni va shunga o‘xshash), alohida joylashgan magnit stansiyalar va boshqaruv bloklarini
ta’mirlash; saqlagichlarni almashtirish; yoritish simlarini ta’mirlash ishlari, elektr ta’minoti bir tomonlama bo‘lgan
elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar kiradi.
Ko‘rsatilgan ishlarni, odatda ta’mirlash xodimlaridan ikki kishi bajarishi, ulardan biri elektr xavfsizligi
bo‘yicha kamida III guruhga, ikkinchisi kamida II guruhga ega bo‘lishi lozim. Alohida hollarda farmoyish
beruvchining roziligi bilan ta’mirlovchi xodimlardan III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxsga ushbu ishlarni
bajarishga ruxsat etiladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan ishlar tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan joriy ekspluatatsiya tartibida
amalga oshiriladi.
119. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) farmoyish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsat olgan vaqtdan boshlab,
brigada tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalarining rioya etilishi ustidan nazorat olib
boradi.
Ishlar tugallanganidan keyin ish bajaruvchi:
a) ishlar kuchlanish olinib yoki kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida
bajarilganda, brigadani ish joyidan chiqarib, tezkor xodimlar hisoblangan shaxs bilan birgalikda ish joyini
tekshirib chiqishi va shundan so‘ng tezkor jurnalga imzo chekib, ish tugallanganini rasmiylashtirishi shart;
b) ishlar kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda
bajarilganda, ish joyini shaxsan ko‘rib chiqishi, brigadani chiqarishi va bajarilgan ishlar hajmi hamda ularning
tugallangan vaqti to‘g‘risida tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxsga xabar berishi shart.
Ish bajaruvchining ushbu xabari tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs tomonidan tezkor jurnalga ish
tugalangan vaqtni ko‘rsatib yozib qo‘yilishi kerak.
120. Farmoyish bo‘yicha bajarilgan ishlarning tugallangani to‘g‘risida tezkor xodim bevosita yoki aloqa
vositalari orqali farmoyish bergan shaxsga ma’lum qiladi.
121. Joriy ekspluatatsiya tartibida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
a) mazkur Qoidalar 115-bandining
“a”
,
“b”
,
“v” kichik bandlarida
ko‘rsatilgan, kuchlanish olinmasdan,
kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar;
b) kuchlanish olinib,mazkur Qoidalarning
120-bandida
ko‘rsatilgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr
qurilmalarda bajariladigan ishlar.
122. Shuningdek, joriy ekspluatatsiya tartibida korxona hududida, yashash va xizmat xonalari, omborlar,
ustaxonalar va shunga o‘xshash joylardagi tashqi va ichki yoritish qurilmalariga nominal toki 20 A gacha himoya
apparatlari bilan jihozlangan guruh liniyalariga ulangan elektr qabul qilgichlarga maxsus biriktirilgan xodimlar
tomonidan xizmat ko‘rsatish ish joyi, ishning boshlanishi va tugallanishi haqida tezkor xodimlarni xabardor etib,
u esa bu haqida tezkor jurnalga tegishli yozuv kiritib, amalga oshirilishi mumkin.
123. Elektr qurilmalarida joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy
chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan mazkur Qoidalar 115-bandining
“a”
,
“b”
,
“v” kichik
bandlari
va
120-bandida
belgilangan va mahalliy sharoitlarga qarab to‘ldirilgan ishlar ro‘yxati tuzilishi va uni
korxona bosh muhandisi (rahbari) tomonidan tasdiqlanishi;
b) ish bajaruvchi tomonidan aniq ish bajarilishi zarurati va uning xavfsiz bajarilishi imkoniyati aniqlanishi.
124. Mazkur Qoidalarning
125-bandiga
muvofiq ro‘yxatga kiritilgan ishlar turlari doimo ruxsat etilgan va
yana qo‘shimcha farmoyishlar rasmiylashtirilishini talab qilmaydigan ishlar bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: