O’zbekiston tarixiga bag‘ishlangan O’zbekiston xalqlari tarixiy muzeyi devoriga ishlangan monumental ko’rinishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e’tiborini o’ziga jalb qila oladi. Polotnoni ko’zatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega bo’lgan o’zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir.
Haykaltaroshlik san’atining o’lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro’ziboev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san’ati bilan shug‘ullangan D.Ro’ziboev haykataroshlik olamiga asoan 60 yillarda kirib keldi. San’atkor ijodida shakl va hajmlarning o’ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San’atshunos olim R.Toqtash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz obrazlari to’laqonli o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboev haykaltaroshlik san’atida katta bir maktabni o’tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy.