Bozor iqtisodiyotiga o`tishda davlat iqtisodiyotdagi asosiy o`zgarishlarni amalga oshiruvchisi
bo`lib, Prezidentimiz ta`kidlaganidek - «davlat iqtisodiyotda bosh islohotchi hisoblanadi».
O`tish davrida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor xo`jaligini shakllantirish maqsadi yo`lidagi barcha
vazifalarni davlat bajaradi.
Hozirgi kunda davlat, asosan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda va
jamiyatni rivojlantirishda muhim rolni o`ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishda davlatning rolini
alohida
olib ko`rsatish juda murakkabdir.
Iqtisodiy rivojlanishni boshqarishda davlat tomonidan tartibga solishning sifat o`zgarishlari
yuzaga keladi. Gap shundaki, davlat va bozorning o`zaro
aloqalari, ya`ni o`tish davrida bozor
mexanizmi bajara olmaydigan nafaqat davlat
vazifalari nazarda tutiladi, balki davlatning
zamonaviy fuqarolik jamiyati bo``ginlari vazifalarini bajarish ham nazarda tutiladi. Bunda ishlab
chiqaruvchilar,
tadbirkorlar uyushmasi, inson huquqlarini himoya qilish jamiyati,
istemolchilar
huquqi, hayriya va boshqa fondlar nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: