Yalpi ichki mahsulot
–
mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan jami pirovard
mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati.
Profitsit
– davlat byudjeti daromadlarning xarajatlardan ko`proq bo`lishi.
Pul - kredit siyosati
– davlat tomonidan iqtisodiy o`sishni ta`minlash maqsadida pul
muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta`minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-
tadbirlar majmui.
Samarali iqtisodiy siyosat
–
davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, har
tomonlama asoslangan, izchil va o`zaro uyg`unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui.
Xalqaro moliya tashkilotlari –
davlatlar o`rtasidagi
valyuta va moliya-kredit
munosabatlarini tartibga solish, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ko`maklashish, kredit
ko`rinishida yordam berish maqsadida davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan tashkilotlar.
Bunday tashkilotlar qatoriga
Xalqaro hisoblashuvlar banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliyaviy korporatsiya,
Osiyo
taraqqiyot banki, yevropa investitsiya banki, mintaqaviy xalqaro rivojlanish banklari va
boshqalarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: