Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Davlatning tabiatdan foydalanish vazifalari



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
17.2.Davlatning tabiatdan foydalanish vazifalari. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash 
bo‘yicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga 
oshirildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi 
munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim 
turlaridan foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini 
amalga oshirish, turli toifadagi qo‘riqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ularda alohida 
foydalanish rejimini o‘rnatish tartib-taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq 
normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi va amal qilmoqda. 
Qabul qilingan hujjatlar atrof-muhit obyektlarining ifloslanish darajasini ma’lum darajada 
kamaytirish, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, xalqaro tashkilotlarni milliy 
ekologik muammolarni hal etishga jalb qilish imkonini berdi. 
O’zbekiston Respublikasining atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish sohasida birinchi 
navbatdagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
1.Jamiyatning ta’lim olish va intelektual potentsialini o‘sishini ta’minlovchi sharoit 
yaratish; 
2.Atrof-muhit holatini yaxshilash uchun hamda global ekologik muammolami hal etishga 
yetarli mablag‘ ajratish kerak; 
3.Genetik fond, turlar va landshaftlar xilma-xilligini saqlash; 
4.Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlami takomillashtirish; 
5.Maxsus muhofazaga olingan hududlami boshqarish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish; 
6.Atrof-muhitni 
ifloslanish 
manbalarini 
aniqlash 
bo‘yicha 
nazorat 
tizimini 
takomillashtirish va rivojlantirish; 
7.Xususiylashtirish jarayonlarida ekologik talablarga rioya qilish va atrof-muhitga zarar 
keltirmaslik uchun javobgarlik kabilami nazorat qilish mexanizmini yaratish; 


8.Ekologik xavfsiz mahsulotlar va texnologik jarayonlar sohasida ekologik sertifikatlash 
tizimini takomillashtirish; 
9.Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo‘yicha bank tizimini yaratish; 
10.Tabiatni muhofaza qilish ishlari bo‘yicha faoliyatini yorituvchi markazlashgan axborot 
tizimini yaratish; 
11.Ekologik va tarbiyaviy tizimini yanada rivojlantirish; 
12.Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo ‘ yicha bosqichma- bosqich dasturlar 
ishlab chiqish; 
13.Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologi- yalar, chiqindilami 
zararsizlantirish va o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik ishlanmalami hayotga tadbiq etish, hamda 
ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish; 
14.Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish 10masalalari bo‘yicha 
xalqaro ekologik tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar 
qabul qilish. 
Shu bilan birga, atrof-muhit muhofazasi sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi va 
nazorati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil bir qator kamchilik va muammolar borligini ko‘rsatdi, 
xususan: 
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar, 
maxsus vakolatli davlat organlari, tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda 
nazorat qiluvchi yagona davlat organining mavjud emasligi; 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunish 
tartibining huquqiy asoslari yo‘qligi tufayli atrof-muhit muhofazasi sohasida idoralararo to‘laqonli 
hamkorlik qilish va bu boradagi vazifalarni amaliy jihatdan hal etish imkoni yo‘qligi; 
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik, 
sanitariya me’yor va talablarini buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy jazo 
choralarining yetarli emasligi va samarasi pastligi; 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining chiqindilar bilan ishlash sohasidagi 
vakolatlari faqat ishlab chiqarish chiqindilarini nazorat qilish bilan cheklangan edi. Qo‘mitaning 
amaldagi tashkiliy tuzilishi va shtatlar birligi unga yuklatilgan vazifalarni sifatli va to‘liq hajmda 
amalga oshirish imkonini bermayapti. 
Shu munosabat bilan, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish va ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi 
davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi davlat boshqaruvi 
va nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat 
dasturida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda O‘zbekiston Respublikasi 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
bo‘ysunuvchi va hisobot beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‘mitasiga aylantirish (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) nazarda 
tutilmoqda. 
Farmon bilan Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagi vazifalar yuklandi: 
ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta 
tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish; 
maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish 
ishlarining samarali tizimini tashkil etish; 
atrof-muhitning ekologik holati maqbul tarzda saqlanishini, ekologiya tizimlari, tabiiy 
komplekslar va alohida obyektlarni qo‘riqlashni, ekologik vaziyat sog‘lomlashtirilishini 
ta’minlash; 


er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, hayvonot va 
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish, 
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish borasida 
davlat ekologik nazoratini amalga oshirish; 
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, 
shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan va saqlanadigan 
pitomniklar, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish; 
ekologik tarbiya, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit 
muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. 
Farmonga muvofiq quyidagi tuzilmalar tashkil etiladi: 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar 
va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining markaziy 
apparatlarida Chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya 
qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyalari; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, 
viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida “Toza hudud” 
davlat unitar korxonalari va mamlakatimiz shaharlarida, shuningdek, tuman hokimliklari 
huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindilarni olib ketish bo‘yicha xizmat 
ko‘rsatadigan uchastkalari negizida ularning filiallari; 
Tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy jamg‘armalari negizida ekologiya, atrof-
muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha jamg‘arma 
tashkil etiladi, jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda atrof-muhitni muhofaza qilish 
tadbirlariga, jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarga va bioresurslarni saqlash va qayta 
tiklashga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza va monitoring qilish sohasida ilmiy-tadqiqot 
ishlarini o‘tkazishga, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni tashkil etishga, ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltiriladi; 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Hayvonot va 
o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 
Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan 
foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tuziladi va uning hududiy inspeksiyalari 
tashkil qilinadi. 
Xorijiy mamlakatlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari faoliyatini 
tashkil qilishga oid tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz qonunchiligiga Davlat 
ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berib borishi 
yuzasidan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston 
RespublikasiningMa’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jismoniy va yuridik shaxslarning 
javobgarligini kuchaytirish, bu borada chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi 
qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish, O‘zbekiston 
Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 
qonunlariga ko‘p joyda uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini 
buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan 
o‘zgartish kiritiladi. 
Mazkur farmonning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi 
natijalarga erishish imkonini beradi: 
birinchidan — atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat nazorati va boshqaruvi organlarining tizimli ish olib borish 
samaradorligini oshiradi; 
ikkinchidan — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi idoralararo samarali 
hamkorlikni ta’minlaydi; 


uchinchidan — atrof-muhitning ekologik holati, ekologik tizim, tabiiy komplekslar va 
alohida obyektlarni qo‘riqlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin