O`quv topshiriqlar
1-ilova.
Munozara qatnashchilariga eslatma
1.
Munozara munosabatlar yig`indisi emas, balki muammo yechimi uslubiyatidan iborat.
2.
Ko`p gapirmasdan, boshqalarning so`zlashiga imkon ber.
3.
Maqsadga erishish yo`lida xissiyotlarinni jilovlab, batafsil o`ylagan holda so`zla.
4.
Raqiblaring vaziyatini o`rganib, ularga xurmat bilan murojaat qil.
5.
Raqiblaring tomonidan aytilgan fikrlarga tanqidiy va mulohazali yondash.
6.
Munozara predmeti bo`yicha chetga chiqmagan holda to`g`ri yondashib gapir.
Muammoli seminarning boshqaruv dastaklari
Boshlovchi
barcha vazifalarni o`ziga oladi – munozara bosqichlarini boshqarish,
javoblarning asoslanishi va to`g`riligini tasdiqlash, qo`llangan termin va tushunchalarni
aniqlash, munosabatlarni to`g`ri qo`llash va boshqalar. Taqdimotlarning taqsimotini to`g`ri
boshqarish.
Taqrizchi
– tomonlarning ma`ruzalarini yo`nalishlar bo`yicha belgilash va to`liq
xarakterda baholash: dolzarbligi, ilmiy jihati, mantiqiyligi va masalalarning aniq qo`yilganligi,
xulosalarning aniq ko`rsatilishi.
Raqib
– qabul qilingan tadqiqot o`rtasida raqobatchilik jarayonini shakllantiradi. U
faqatgina ma`ruzachining asosiy holatini tanqid qilish emas, shu bilan birgalikda, uning aytgan
fikrlaridan zaif yoki hato tomonlarini topish hamda o`zining hal qiluvchi fikrlarini taklif qilishi
ham mumkin.
Ekspert
– barcha munozaralarning, jumladan, munozara qatnashchilari tomonidan
aytilgan fikrlarning, qilingan xulosalarning, taklif va gipotezalarning maxsuldorligini
baholaydi.
Munozara reglamentini o`tkazish tartibi
1.
Boshlovchi ma`ruza mavzusi va ma`ruzachilarning taqdimotlarin e`lon qiladi.
2.
Ma`ruza 5 minut davom etadi.
3.
Taqrizchi – 2 minut.
4.
Raqib – ma`ruza mavzusi bo`yicha fikrlarini 1-3 minut taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: