xo`jalikni qamrab oladi, ikkinchisi esa qisman, ya`ni ayrim sohalar yoki tarmoqlarga xos tanglik
tarzida yuz beradi.
Masalan, moliyaviy krizis — davlat moliyasini chuqur tanglikka tushishi. U surunkali
byudjet taqchilligida namoyon bo`ladi. Eng yomoni, davlatning chet el qarzlari bo`yicha to`lov
qobiliyatini yo`qotishidir. 1929-1933 yili Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, 1998
yili Rossiya tashqi zayomlar bo`yicha to`lovni to`xtatishgan. 1931 yili AQSh tashqi qarzlar
bo`yicha hamma to`lovlarni bir yilga muddatini uzaytirgan. 1998 yili Indoneziyada ro`y bergan
moliyaviy krizis tufayli aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM 14,6%ga pasaydi.
Pul-kredit krizisi
. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo`lib, bunda
tijorat va bank krediti qisqaradi. Banklardan mijozlar yoppasiga o`z pullarini olishni boshlaydilar.
Tadbirkorlar va aholi naqd pul ketidan quvishga tushadilar. Aktsiya va obligatsiyalarning kursi,
bank protsenti tushib ketadi. Banklar sinib, yalpi bankrotga uchraydilar.
Valyuta krizisi
. Bunda milliy valyutaning obro`si tushib ketadi. Chet elning obro`li
valyutalari yetishmaydi. Bankda valyuta zaxirasi tugab boradi, milliy valyuta kursi tushib ketadi.
Aholining obro`li valyuta ketidan quvishi ahvolni yanada qiyinlashtiradi. Bunga yorqin misol
sifatida Argentina va Tailandda yuz bergan krizislarni ko`rsatish mumkin.
Birja krizisi.
Bu tanglik birjada qimmatbaho qo`gozlar kursini birdan tushib ketishi va
ularda emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.
Ekologik krizis
. Atrof-muhitni, eng avvalo, inson salomatligini yo`qotish, umrining
qisqarishiga olib keladigan darajadagi vaziyatning vujudga kelishi bilan ifodalanadi. U sanoatni
shiddatli tarzda o`sishiga yo`l qo`ymaydi.
Dostları ilə paylaş: