- respublikada so`glom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy,
iqtisodiy va
moliyaviy shart-sharoitlar, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi
markaz funktsiyalarini amalga oshirish;
- bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi raqobat qonunlari, umumiy qabul qilingan
normalar va qoidalarni samarali amalga oshirishni ta`minlovchi monopoliyaga qarshi tartibga
solishning kuchli tizimini barpo etish;
- raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor qayta o`zgartirishlari
chuqurlashishiga ko`maklashish;
- insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlari, birinchi navbatda, iste`mol
tovarlari bozorini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish,
ularni
cheklash va ularga barham berish;
- monopoliyaga qarshi davlat siyosati kontseptsiyasini amalga oshirish, monopoliyadan
chiqarish bo`yicha respublika, tarmoq va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga
oshirilishini muvofiqlashtirish;
- monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o`z vakolati
doirasida tabiiy monopoliyalar sub`ektlari faoliyati ustidan
nazoratni amalga oshirish;
- reklama va iste`molchilar huquqlarini muhofaza qilish to``grisidagi qonunchilik
hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- iste`mol tovarlari narxlari va xizmatlarga tariflar monitoringini o`tkazish, iste`molchilar
huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda o`sib ketishi,
bozorda sifatsiz iste`mol tovarlari sotilishi va xizmatlar ko`rsatilishiga olib keluvchi insofsiz
raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini ko`rish;
- monopol xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga
solish va nazorat qilishga, raqobat muhitini rivojlantirish, iste`molchilar huquqlarini muhofaza
qilish va reklama faoliyatiga yo`naltirilgan normativ-metodologik bazani takomillashtirish va h.k.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida tovarlar bozorida monopolistik faoliyatni cheklash va
raqobat muhitini saqlash, rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining “Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to``grisida”gi Qonuni qabul qilingan. Bu
Qonunga binoan monopolistik faoliyatga xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning raqobatga yo`l
qo`ymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi deb
ta`rif
beriladi
1
. 2012yilda O`zbekiston respubMonopoliyaga qarshi qonunchilikda monopolistik
faoliyat uchun asos bo`ladigan “ustun mavqe o`rnini bosuvchisi bo`lmagan tovar bozorida yoki
bir-birining o`rnini bosadigan tovarlar bozorida xo`jalik yurituvchi sub`ektning (bir guruh
shaxlarning) o`ziga (o`zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatish, boshqa xo`jalik
yurituvchi sub`ektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy
erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe deb qaraladi.
Bozordagi ulushi oltmish besh (65%) va undan ortiq foizni tashkil etadigan xo`jalik yurituvchi
sub`ektning (bir guruh shaxlarning) mavqei ustun mavqe deb e`tirof etiladi”
2
.
Shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`ektning bozordagi ulushi o`ttiz besh (35%)dan oltmish
besh (65%)gacha bo`lib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan quyidagi hollarga
qarab, ya`ni:
- xo`jalik yurituvchi sub`ektning bozordagi ulushi barqarorligiga;
- bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga;
- muayyan tovar bozorini tafsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan bo`lsa, uning
bozordagi mavqei
ustun mavqe deb hisoblanadi
1
.
Ustun mavqeni egallab turgan xo`jalik yurituvchi sub`ektning raqobatni cheklaydigan va
boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlarini kamsitgan yoxud kamsitishi mumkin
1
Ўзбекистон Республикасининг “Товар бозорларида монополистик фаолиятни чеклаш ва рақобат
тўғрисида”ги Қонуни. –Т.: 1996.
2
Ўзбекистон Республикасининг “Товар бозорларида монополистик фаолиятни чеклаш ва рақобат
тўғрисида”ги Қонуни.. –Т.: 1996.
1
Ўша манба.
bo`lgan harakatlari taqiqlanadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektning o`z yuqori mavqeini suiiste`mol
qiladigan xatti-harakatlariga quyidagilar kiradi:
- bozorlarda taqchillikni keltirish yoki uni saqlash va narxlarni oshirish maqsadida tovarlarni
muomaladan olib qo`yish;
- monopol qimmat yoki monopol arzon narxlarni belgilash. Monopol qimmat narx tovar
bozorida ustun mavqega ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektning ishlab chiqarish quvvatidan
to`laligicha foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini
pasaytirish natijasida qo`shimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narx hisoblanadi.
Monopol arzon narx esa ushbu xo`jalik sub`ektining sotib olayotgan tovariga qo`shimcha
foyda olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan
narxidir. Shuningdek, raqobatchini bozordan siqib chiqarish uchun monopolistik mavqedagi
xo`jalik sub`ekti belgilagan zarar ko`radigan darajadagi narx hisoblanadi. Bunday narxlarning
belgilanishi oqibatida raqobat cheklanadi.
Insofsiz raqobat, ya`ni xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni
qo`lga kiritishga qaratilgan ular o`rtasida musobaqalashuvni
istisno etadigan, iste`molchilarni
chal`gitish usullari qo`llanuvchi raqobatdir.
O`zbekistonda monopoliyaga qarshi davlat organi monopolistik faoliyat va insofsiz
raqobatni cheklash hamda to`xtatib qo`yish sohasida davlat siyosatini olib boradi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi xo`jalik sub`ektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish,
tugatish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Agar xo`jalik sub`ektlarining qo`shilishi,
birlashtirilishi, xolding kompaniyalariga aylantirilishi oqibatida monopoliya vujudga keladigan
bo`lsa, u holda ularning iltimosnomalari rad etiladi.
Ushbu organ aktsiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga
qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Zaruriy va mumkin bo`lgan hollarda monopolistik korxonalar majburiy tarzda bo`lib ham
yuboriladi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganda ushbu organ uni buzgan xo`jalik
sub`ektlariga qonunda belgilangan jarimalarni soladi yoki ularning ishini sudga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to``grisida”gi Qonuniga (yangi tahriri)
asosan tabiiy monopoliya sub`ektlari bilan iste`molchi va davlat manfaatlarining mutanosibligi
ta`minlanadi. Ushbu qonunga ko`ra tabiiy monopoliya tovar bozorining texnologik xususiyatlari
tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo`lgan talabni qondirishning raqobatli
sharoitlarini yaratish mumkin bo`lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan
holati hisoblanadi
1
.
O`zbekistonda tabiiy monopoliya sub`ektlarining faoliyati
quyidagi sohalarda davlat
tomonidan tartibga solinadi:
- neft , neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish;
- elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish;
- temir yo`llari infratuzilmasidan foydalanish;
- umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari;
- suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari;
- aeronovigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmati;
- transport terminallari xizmatlari.
Qonunda tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi va u vakolat bergan organ, ya`ni O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish,
raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi va uning joylardagi organlari tabiiy
monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga soladi.
Monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlarining buzilishiga yo`l qo`ygan tabiiy monopoliya
sub`ektlariga jarima soladi yoki qonun buzilishi holatlarini to`xtatish va bartaraf etish bo`yicha
bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalar yuboradi, shu bilan birga, sudga da`vo arizasi bilan
murojaat etadi.
1
Ўзбекистон Республикаси қонунлари. Табиий монополиялар тўғрисида. –Т.: Адолат, 2000, 33-бет.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga bajarilishi majburiy bo`lgan, ular
tomonidan ushbu qonunga zid tarzda qabul qilingan hujjatlarni bekor qilish yoki o`zgartirish
kiritish to``grisida ko`rsatmalar yuboradi. Monopolistik faoliyatni cheklash
va raqobat muhitini
yaratishdan ko`zlangan maqsadlaridan biri iste`molchilarning tanlash erkinligini ta`minlash va
huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning
huquqlarini himoya qilish to``grisida”gi Qonunga muvofiq iste`molchi foyda chiqarib olish bilan
bo`gliq bo`lmagan hamda shaxsiy iste`mol yoki xususiy xo`jalikda foydalanish maqsadida tovar
sotib oluvchi yoki ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo`lgan fuqaro (jismoniy
shaxs) hisoblanadi.
Davlat iste`molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish cho`gidagi
huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarining himoya qilinishini kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: