Itolmasov e. R


VI. BOB. MUSOBAQALARNI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə30/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Futbol Maqola

VI. BOB. MUSOBAQALARNI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH

6.1. Musobaqalarning ahamiyati


Futbol musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ular mashg’ulotlarda qiziqishni oshiradi, mamlakatda futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi. Futbolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnash-chilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Musobaqalar qat’iylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, korxona jamoasi, shahar, respublika, mamlakat oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. O’yinlarning emosional keskinligi futbolchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ochiq havoda o’tkaziladigan musobaqalar qatnashchilarni sog’lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositalaridan biridir. Musobaqalar ko’p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan futbolni targ’ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarga uyushtiruvchi ta’sir ko’rsatib, tomoshabinlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga jalb etadi.
Futbol hakamining tarbiyachi - pedagog va o’yin rahbari sifatidagi ahamiyati juda katta. Aniq hakamlik qilish, maydonda ro’y beradigan qo’polliklarga va ayrim futbolchilarning intizomsizligiga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o’yinchilariga o’z vaqtida tanbeh va ko’rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o’tkazishga yordam beradi.

6.2. Musobaqa turlari


Oldiga qo’yilgan vazifalarga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo’lish mumkin.
Yagona sport tasnifi talablariga muvofiq tashkil etiladigan va natijalariga ko’ra sport tasnifi belgilanadigan hamda g’olib yoki chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi - taqvim musobaqalar bo’lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvim rejasida nazarda tuziladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o’tkaziladi.
Quyidagilar musobaqalarning asosiy turlariga kiradi:

  • birinchilik yoki chempionatlar;

  • kubok musobaqalari;

  • saralash musobaqalari.

Birinchilik yoki chempionatlar - eng mas’uliyatli musobaqalar bo’lib, ularning natijalari bo’yicha g’olib jamoaga chempionlik nomi beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini oqilona baholashga, olib borilayotgan o’quv-tenirovka ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalari juda ko’p jamoalarni jalb etish va g’olibni nisbatan qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan olish prinsipi bo’yicha o’tkaziladi.
Saralash musobaqalari musobaqalarning keyingi bosqichida qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Musobaqalarning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi:

  • nazorat uchrashuvlari;

  • o’rtoqlik uchrashuvlari; - namunali uchrashuvlar;

  • qisqartirilgan musobaqalar.

Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo’lajak musobaqa-larga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o’tkaziladi.
O’rtoqlik uchrashuvlari o’quv-mashg’ulot maqsadlarida yoki an’anaviy musobaqalar planida o’tkaziladi.
Namunali uchrashuvlar futbolni ommalashtirishga va sport mahoratini ko’rsatishga xizmat qiladi.
Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobaynida o’tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalashtiriladi.
Bunday musobaqalarni o’tkazishda o’yin vaqti qisqartiriladi. Qisqartirilgan musobaqalarning dasturi faqat o’yin o’tkazishni emas, balki o’yinchilarning texnik yoki jismoniy tayorgarligiga doir musobaqalarni ham o’z ichiga olishi mumkin.


Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin