Itolmasov e. R


I guruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar III guruh: 9, 10, 11, 12-nomerlar II guruh: 5, 6, 7, 8-nomerlar IV guruh: 13, 14, 15, 16-nomerlar



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə35/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Futbol Maqola

I guruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar III guruh: 9, 10, 11, 12-nomerlar II guruh: 5, 6, 7, 8-nomerlar IV guruh: 13, 14, 15, 16-nomerlar


Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda, Jahon birinchiligida bo’lgani kabi, har bir guruhga avvalgi Jahon birinchiligida katta natijalar ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi.
Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha o’ynaydilar. Kichik guruhlarda o’tkazilgan o’yin natijalariga qarab, har birida 4 tadan jamoa bo’lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada 1-bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan chiqib ketar va ularning o’rni aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o’xshash tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham):

"A" guruh

  1. guruh 1- o’rin

  2. guruh 2 - o’rin

  3. guruh 1 -o’rin

  4. guruh 2- o’rin

"B" guruh

  1. guruhdagi 2- o’rin

  2. guruhdagi 1- o’rin

  3. guruhdagi 2- o’rin

  4. guruhdagi 1- o’rin

"A" va "B" guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha bir davra o’yin o’tkazadilar. Finalda birinchi o’rin va chempionlik unvonini olish uchun "A" va "B" guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3-4 o’rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday sxema bo’yicha 16 jamoa bo’lganda, dastlabki to’rt o’rinni aniqlash uchun 38 ta o’yin o’tkazilgan bo’lishi kerak.
Guruhlarda tegishli o’rinlarni egallagan jamoalar o’rtasida o’tkaziladigan shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni aniqlash mumkin.

6.4. Musobaqa nizomi


Sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar jamoalar bo’yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o’tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuzilgan bo’lishi kerak.
Bu nizom futbol Federasiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa nizomi katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Nizom o’quvmashg’ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliyuslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rish uchun yetarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putur yetadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi, xolos.
Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:

  1. O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.

  2. Musobaqani kim o’tkazishi (federasiya, tashkiliy komitet va hokazolar).

  3. Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.

  4. Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.

  5. Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davralari - bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).

  6. Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar jamoalar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi.

  7. Musobaqalarning alohida shartlari (qanday hollarda o’yinda qo’shimcha vaqt belgbilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda. G’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilgandan tashqari nechta o’yinchi almashtirish mumkinligi va hokazolar).

  8. Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.

  9. Musobaqalarni olib boradigan hakamlar jamoasining nomi.

  10. O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni ko’rib chiqish, shuningdek, o’yinchilarni maydondan chiharib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini qarab chiqish tartibi.

  11. O’yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va jamoalar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi.

  12. Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin