Mulohaza uchun
Qutayba ibn Muslim arab lashkarboshchisi bo‘lib, 704- yili
uni arab xalifasi Abdurahmon ibn Marvon Xurosonga noib etib
yuboradi.
IX asr muarrixi Muhammad Narshaxiyning yozishicha, Qutayba
ibn Muslim Shomning Boxila degan joyida tavallud topgan. Uning
to‘liq ismi-sharifi Amir Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn
ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd Al-Xayr bo‘lgan.
Uning zimmasiga
Xurosonda davlat ishlari bilan birga, mahalliy aholini Islomga
da’vat qilish, masjid va madrasalar barpo ettirish yuklangan.
Xitoy va arab tilidagi solnomalarga ko‘ra, Qutayba ibn Muslim
g‘ayratli
va uddaburon lashkarboshi, adolatli hukmdor, xiyonatni
yoqtirmaydigan, o‘jar tabiatli, ilmli va she’riyatni
qadrlovchi inson
sifatida gavdalanadi.
Dostları ilə paylaş: