O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Jamoalarga bo‘linib, olgan
bilimlaringizni quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qiling va umumlashtiring.
Arablarning kirib kelishi
Turon hududida yashovchi
xalqlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
71
Istilo jarayonida Arab xalifaligi:
birinchidan, qo‘lga kiritilgan o‘ljalar hisobiga o‘z
xazinasini to‘ldirdi, asirlar va garov olinganlar hisobiga harbiy yo‘qotishlarni qopladi;
ikkinchidan, o‘lkani islomlashtirish orqali qadimiy va boy ma’naviy meros sohiblari
bo‘lmish movarounnahrliklar islom dini, madaniyati va ilm-fani taraqqiyoti uchun xiz
-
mat qilishga qo‘shildi.
Arablar uchun o‘lkaning geografik o‘rni muhim ahamiyat kasb etgan. Buyuk ipak
yo‘lining asosiy yo‘nalishi Xitoydan Sug‘dga, undan Eron orqali O‘rta dengiz sohil
-
lariga va arab dashtlariga olib chiqardi.
Shu bois, istiloning
ilk bosqichi talonchilik-
dan boshlangan. Qo‘lga kiritilgan boyliklarning qiymati va miqdori arab qo‘shinlarini
hayratga solgan. Afsuski, o‘sha paytda o‘lkada mavjud xususiy
va mahalliy iqtisodiy
zaxiralar miqdori haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
1-jamoa
2-jamoa
3-jamoa
4-jamoa
Siyosiy hayotda
Ijtimoiy hayotda
Iqtisodiy hayotda
Madaniy hayotda
2 0 - 2 1 - m av z u l a r :
VIII ASRDA XUROSON VA
MOVAROUNNAHR
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Jahon tarixi fanidan olgan bilimlaringizga tayanib
quyidagi savollarga javob
bering:
1. Umaviylar sulolasi vakillari musulmonlar tomonidan nimada ayblangan edi?
2. Abbosiylar kim edi? Ularning maqsadlari nima bo‘lgan?
3. Qanday tarixiy sharoitda abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgan edi?
4. Xuroson hududiga hozirgi qaysi hududlar kirgan?
Dostları ilə paylaş: