Iv bob. O’zbekistonning demografik salohiyati



Yüklə 31,26 Kb.
səhifə3/4
tarix20.05.2023
ölçüsü31,26 Kb.
#118193
1   2   3   4
Iv bob. O’zbekistonning demografik salohiyati

4.3. Aholi tarkibi
Aholining tarkibini turli tomonidan: yoshi, jinsi, qaysi ijtimoiy qatlamga mansubligi, millati, ma’lumoti bo’yicha o’rganish mumkin.
2015 yilda aholi tarkibida erkaklar 50,1, ayollar 49,9 foizni tashkil etdi. Mamlakat aholisi tarkibida 15 yoshgacha bo’lganlar (15 yosh ham shunga kiradi) 34,4 foizni tashkil etmoqda. Aholi umumiy sonida bolalar, o’smirlar va yoshlarning umumiy salmog’i 70 foizga yaqinni, ya’ni respublika aholisining 2/3 qismini tashkil etadi.
Mamlakatimiz aholisining o’rtacha yoshi 27,8, ayollarniki 28,4, erkaklarniki 27,1 yoshdan iborat. Yuqorida keltirilgan raqamlar shundan dalolat beradiki, mamlakat aholisining 62 foizi mehnatga qobiliyatli yoshda, qolgan 38 foizi mehnatga qobiliyatli yoshdan yoki past, yoki yuqori yoshdagilar. Bu mamlakatning mehnat resurslariga boyligini bildiradi.
Aholi tarkibini ularning turar joylariga qarab o’rganish ham muhim ahamiyatga ega. 2015 yilning boshida O’zbekistonda 50 foizdan yuqori aholi shaharlarda istiqomat qildi. Bu ko’rsatgich, ayniqsa, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida yuqori. Keyingi yillarda respublikamizda bu ko’rsatgich ancha barqarorlashdi. Bu shundan dalolat beradiki, mahalliy aholi urbanizatsiya (shaharlashtirish)ga moyillik ko’rsatmoqda.
Aholining asosiy qismini (80 foizdan ziyod) o’zbeklar tashkil etadi. Undan keyingi o’rinlarda ruslar, qozoqlar, tojiklar, qoraqalpoqlar turadi. Hammasi bo’lib respublikada 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi.


4.4. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish
Mehnat resurslarining manbai mamlakat aholisidir. Aholining faqat mehnatga yaroqli qismigina mehnat resurslari hisoblanadi. O’zbekistonda mehnat resurslariga 16 yoshdan 59 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 54 yoshgacha ayollar kiritiladi. Ular mamlakat aholisining yarmidan ko’prog’ini tashkil etadi.
Milliy iqtisodiyotda band bo’lganlarning 13,0 foizi sanoat, 27,8 foizi qishloq va o’rmon xo’jaligi, 9,3 foizi qurilish, 5,2 foizi transport va aloqa, 10,9 foizi savdo, umumiy ovqatlanish, sotish va tayyorlov tizimi, 3,5 foizi uy-joy va kommunal xo’jaligi, noishlab chiqarish turlari, 7,6 foizi sog’liqni saqlash, jismoniy madaniyat va sport, ijtimoiy ta’minot, 13,4 foizi ta’lim, madaniyat, san’at, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish, 0,5 foizi moliya, kredit, sug’urta tarmoqlarida mehnat qilmoqda.
Iqtisodiy faol aholining miqdori va sifati, uning yillar davomidagi o’zgarishi mamlakatning iqtisodiy qudratini ifodalovchi muhim ko’rsatgichlardandir.
O’zbekistonda 2015 yil boshida iqtisodiy faol aholi soni 17 mln kishini tashkil etdi. Iqtisodiy faol aholi darajasining o’shib borishi ijobiy o’zgarish bo’lib, bu jamiyatdagi iqtisodiy muhitning sog’lomlashayotganini ko’rsatadi.
O’zbekistonda jiddiy muammolardan biri o’sayotgan mehnat resurslarini ish bilan to’la ta’minlashdir. Bu bir tomondan, aholining ish joyiga bo’lgan talabini, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotning ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojini qondirishni taqozo etadi. Aholini mehnat faoliyatiga tortish iqtisodiyotning barcha tarmoqdarida bir hil kechmaydi. Bir tarmoqda ishlab chiqarish xodimlari soni o’ssa, ikkinchi bir sohada xodimlar soni kamayishi mumkin.
Mehnat resurslarining ish qidirib mamlakat ichida yoki tashqarisida harakatlanishiga ishchi kuchi migratsiyasi deyiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchining migratsiya harakati jadal tus oladi, chunki mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarida ishchi kuchiga bo’lgan talab doimo o’zgarib turadi.
Ishchi kuchining bir mamlakat hududi bo’ylab harakatlanishi ishchi kuchining ichki migratsiyasi hisoblanadi. Bu jarayonga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat mintaqalarining iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlar, urbanizatsiya jarayonlari, tabiiy-iqlim sharoitlarining o’zgarishi, tabiiy ofatlar va davlatning demografik siyosati shular jumlasidandir.
Ishchi kuchining bir mamlakatdan boshqa mamlakatga harakatlanishi ishchi kuchining tashqi migratsiyasi deyiladi. Ishchi kuchi tashqi migratsiyasining asosiy sababi mehnat bahosining mamlakatlar bo’yicha farq qilishidir. Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning rivojlanishi ishchi kuchi tashqi migratsiyasining jadallashuviga olib keladi. Bu o’z navbatida xalqaro mehnat bozorining rivojlanishini ta’minlaydi.

Yüklə 31,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin