Uchinchi gurux – jamoa a’zolarining о‘ziga xosligi. Masalan, о‘zini boshqara olmaslik, ehtiroslarga berilish, tajovuz, dо‘q-pо‘pisa, haqoratlash-sо‘kinish, munosabatga kirisha olmaslik6.
Ziddiyatlar ma’muriy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari uchun ahamiyati va xal etish yо‘llariga kо‘ra farqlanadi va umumiy ma’noda konstruktiv va destruktiv ziddiyatlarga ajraladi.
Konstruktiv ziddiyatlarga tashkilotning hayotiy muammolarini hamda ularni xal etish orqali samarali taraqqiyotga olib chiqish xos.
Destruktiv ziddiyatlar salbiy, vayronkor natijalarga olib keladi. Shuningdek, ayrim xollarda bu vaziyat janjallarga va tashkilot faoliyatining susayishiga olib keladi.
Ziddiyatli vaziyatlardan о‘zini tuta bilish qoidalari Rahbar ziddiyatlarni nafaqat ish sohasi balki shaxsiy emotsional sohada ham ishlata olishi zarur. Xо‘sh, ziddiyatli shaxs bilan ishlash jarayonida о‘zini qanday tutish lozim:
Birinchidan - bunday odamdlarda ichki о‘tkinchi kechinmalar bilan bog‘liq ehtiyojlar mavjud bо‘lib, ular shu orqali ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, tajovuzkor о‘zining tajovuzi orqali qо‘rqoqligini yashirishi mumkin.
Ikkinchidan - о‘z xissiyotlarini jilovlab, boshqaning xissiyotlarini rо‘yobga chiqrishga uchun imkoniyat yaratishi kerak.
Uchinchidan - bunday odamlarning qilayotgan harakatlarini jiddiy qabul qilmaslik.
Tо‘rtinchidan - ziddiyatli xolatlarda muvofiq keluvchi usulni tanlash uchun bunday usullar qaysi toifa odamlarga mos kelishini ajrata olishingiz zarur.