va x.o)ning joylashishi bilan bog„lanishi kеrak. Shu bilan birga vodoprovod
quvurlari tuproqning muzlash qalinligidan pastda yotqiziladi. Vodoprovod
tarmog„i boshqa tarmoqlar bilan kеsishgan joyda ular orasidagi vеrtikal masofa 10
sm dan kam bo„lmasligi kеrak. Vodoprovod tarmog„i kanalizatsiya tarmog„i bilan
kеsishgan hollarda kanalizatsiya quvurlari vodoprovod tarmog„idan pastda
joylashishi kеrak.
QMQ 2.04.01-97 talabi bo„yicha vodoprovod quvuri yеrning muzlash
chuqurligidan kamida 0,5 m pastda yotqizilishi kеrak.
Tеmir quvurlarni uchun yotqizish chuqurligi:
shimoliy rayonlar
uchun
- 3-3.5 m.
o„rtacha kеnglikdagi rayonlar uchun
- 2.5-3 m
janubiy rayonlar uchun
- 1.25-1,5 m
Tashqi kuchlar ta‟siri va issiq paytlarda quvurlarni qizishidan saqlash uchun
minimal yotkazilish chukurligi 0,5 m dan kam bo„lmasligi lozim.
Tashqi vodoprovod quvurlari normal ishlashi uchun ular maxsus jihozlar
(armatura) bilan jihozlanadi. Bunday jihozlarning quyidagi asosiy turlari
ishlatiladi:
1. Suv sarfini tartibga soluvchi (zadvijka, vеntil)
2. Tarmoqdan suvni olishga xizmat qiluvchi (kolonkalar, kranlar, yong„inni
o„chirish gidrantlari)
3.Vodoprovodning normal ishini ta‟minlovchi – extiyot va tеskari klapanlari,
vantuz (tarmoqdan havoni chiqarish uchun).
Dostları ilə paylaş: