bolaning har bir yutug`ini maqtash va qo’llab-quvvatlash;
o’yinchoqlarga ovoz berib, turli hissiyot va harakatlarni tanish imkoniyatini berish;
oilada emostional ijobiy holatni yaratish va har kuni bola bilan o’ynash;
o’yin vaqtida bolaga o’ziga ishonch hissini oshirish uchun yaqin turishga harakat qilish va barcha birgalikda bajarilayotgan harakatlarni bolaga aniq va lo’nda tushuntirish;
baland tovush va shovqinlarni cheklash.
|
bola bilan u bilan bog`liq bo’lgan turli vaziyat va hissiyotlarni muhokama qilish;
bolaga rad javobini berilishi sababini tushuntirish;
bolaning jahli chiqganda, xafa bo’lganda yoki o’zini yomon his etganda yonida bo’lish.
|
bola bilan suhbatda hissiyotlarni ta’riflovchi so’zlarni qo’llash;
multfilm qahramonlarining yorqinligini tahlil qilish; hissiyotlarni ifodalovchi so’zli o’yinlardan foydalanish, kayfiyat va his tuyg`ular haqidagi hikoyalar va she’rlarni o’qish.
|