Iymajm u a 1 Buxoro 2020


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to’ldirish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə83/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184
мажмуа хукукий

8-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to’ldirish

40. Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi.

41. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to’ldirilishi mumkin.

42. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to’ldirish va bir guruhdan boshqasiga o’tkazish har yili o’quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.

43. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to’ldiriladi:

3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan guruhlarda — kamida 20 nafar va ko’pi bilan 30 nafar bola;

bolalar qisqa vaqt bo’ladigan guruhlarda — ko’pi bilan 30 nafar bola;

turli yoshdagi guruhlarda — kamida 20 nafar va ko’pi bilan 25 nafar bola;

bolalar kechayu kunduz bo’ladigan guruhlarda — ko’pi bilan 10 nafar bola.

Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo’lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo’l qo’yiladi.

44. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to’ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qo’yilgan sanitariya-gigiena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin