Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi Ion kanallari



Yüklə 61,03 Kb.
səhifə17/22
tarix20.01.2023
ölçüsü61,03 Kb.
#79870
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi

LIMFA VA UNING HARAKATI
Limfa (lotincha: lympha — tiniq suv, namlik) — odam va umurtqali hayvonlarning limfa tomirlari va limfa tugunlarida boʻladigan oqsil tabiatli, tarkibiga koʻra, qrn plazmasiga yaqin rangsiz yoki och sariq suyukdik. Organizmda limfa hujayralar va toʻqimalarni oziq moddalar bilan taʼminlash hamda moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlash funksiyasini bajaradi. Limfa qondan toʻqimalarga uzluksiz oʻtib turuvchi kislorod va oziq moddalarga boy toʻqima suyukligidan hosil boʻladi; hujayralardan toʻqima suyuqligiga ajralib chiqqan moddalar almashinuvi mahsulotining bir kismi qaytadan qonga oʻtadi, qismani esa suyuqlik bilan limfa kapillyarlariga oʻtib, limfa hosil qiladi. U tarkibi va xossalariga koʻra, qon plazmasidan farqlanadi (oqsili, solishtirma ogʻirligi va yopishqoqgshgi kam boʻladi va h.k.). Odam tanasida taxminan. 1-2 litr limfa boʻladi, u limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa yoʻllari boʻylab harakat qilib, venoz qonga quyiladi. Limfa suyuq qism (limfoplazma) va shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfoplazma tarkibiga oqsillar, glyukoza, mineral moddalar, neytral yogʻlar kiradi. Limfaning shaklli elementlari limfotsitlar, monotsitlar va leykotsitlarnnt baʼzi turlaridan iborat. Biroq aʼzo faoliyati kuchayganda unda limfa hosil boʻlishi tezlashadi. Limfaning miqdori va kimyoviy tarkibi, jumladan, undagi yogʻ va oqsilning foiz miqdori uning qaysi aʼzodan oqib kelishiga, mazkur aʼzodagi moddalar almashinuvining xususiyatlariga bogʻliq. Masalan, yogʻli ovqat yegandan soʻng ichak limfa tomirlarida koʻp miqdorda yogʻ boʻlganligi tufayli limfa oq rangga kiradi. Ichki sekretsiya bezlaridan oqadigan limfada esa maʼlum miqdorda gormonlar boʻladi. Limfa tugunlarida limfa limfotsitlar bilan boyiydi. Limfa tugunlaridan bir necha marta oqib oʻtib, filtrla-nadi (toʻqimalardan oʻtgan bakteriyalardan va boshqa zararli moddalardan tozalanadi) 
Limfa sistemasi (lotincha: systema lymphaticum)- odam va umurtqali hayvonlarda toʻqima va aʼzolardan limfa olib ketib, venoz sistemasiga quyadigan kapillyarlar va boshqa tomirlar, tuzilmalar. Odamning limfa sistemasi — limfa kapillyarlari turi, limfa tomirlari chitali, limfa tugunlari hamda ikkita limfa yoʻlidan tashkil topgan.



Yüklə 61,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin