Asosiy savollar
1.O’qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlari
2. Pedagogik ta’sir ko’rsatish – kommunikativ qobiliyatning
asosiy usuli sifatida
3.O’qituvchining kommunikativ qobiliyatida so’z bilan
og’zaki ta’sir o’tkazish
Таянч тушунчалар:
Онгли интизом; фикр алмашиш; коммуникатив қобилият; онгли интизом; ўқувчини ишонтириш; онгга таъсир тақлид қилиш; психик таъсир; ғоялар ва мафкуралар; педагогик таъсир кўрсатиш; ғоя ва мафкура; комил инсон тарбияси; талаб; истиқбол; рағбатлантириш ва жазолаш; жамоатчилик фикри; сўз билан оғзаки таъсир ўтказиш; интонация; экспрессив ҳолат; касбий маҳорат; хушмуомалалик; ахборот ҳажми; педагогик қобилият техникаси.
O’qituvchi faoliyatida tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik aloqalarning uzluksizligi tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biridir. O’quvchilar bilan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy aloqalar o’rnatish, ijobiy iqlim yarata olish, o’ziga ishontira olish va jalb qilish – o’qituvchi kommunikativ qobiliyatining asosiy mohiyati bo’lib, bunda bevosita o’qituvchi bilan bog’liq bo’lgan minglarcha ruhiy jarayonlar, ma’lum bir qolipdan chiqishi mumkin bo’lmagan muomala turlari va shartlari mavjud. Tarbiyaning samaradorligi, pirovard natijada o’quvchilar bilan aloqa o’rnatishning shakl va uslublariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Asosiy maqsad, o’qituvchi va o’quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi, o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. O’qituvchi tarbiya usullari tizimini belgilab olgandan keyin bir qator aloqa o’rnatish vazifalarini rejalashtirishi kerak. Albatta bu nihoyatda qiyin jarayon, zero tarbiyaning har bir usuli, tarkibiy qismi va tashkil etuvchi usullari muomala orqali aloqa o’rnatishning samaradorligiga bog’liq. Ushbu jarayon bevosita o’qituvchining fikr almashuvi (refleksiya) bilan bog’liq xususiyatlariga, o’quvchi ruhiy holatini fikr tezligi bilan uqib olish san’atiga va pedagogik ta’sir ko’rsatishning turli usullarini bir biri bilan o’zaro aloqadorlikda qo’llay bilishiga taalluqli bo’lib, ular uzluksiz shakllanadi.
O’qituvchining fikr almashuvi bilan bog’liq kommunikativ qobiliyatini shakllantiruvchi asosiy xususiyatlari o’quvchi ongiga qaratilgan faoliyat bo’lib, nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi. O’zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog’liq bo’lgan kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo’nalishlari mavjud:
- o’quvchini ishontirish;
- o’quvchi ongiga ta’sir etish;
- o’zgalarga taqlid qilish.
Dostları ilə paylaş: |