o’quvchilarga o’zaro teng, adolatli munosabatda bo’lish.
Etik tizim.Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida etakchi g’oya turmasa, texnologik tizim va munosabatlar tizimi yuqori tarbiyaviy natijalarni bermaydi. Pedagog va jamoa diqqat markazida ijobiy motivlar bo’lishi kerak.
3-asosiy savol bayoni: Ma’lumki, rejalashtirish ijodiy jarayon. Shuning uchun uning u yoki bu shaklini hamma uchun tavsiya etish noo’rindir. Lekin yosh o’qituvchi yaxshi sinf rahbari tomonidan tuzilgan ish rejasining g’oyasini o’ziga namuna qilib olishi mumkin.
Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. Tarbiyachi o’quvchilarning mehnat tarbiyasi tizimini berar ekan, o’quvchilar mehnat mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasavvurga ega bo’lishlarini hisobga olish kerak. Ota-onalar bilan ishlash bo’limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa yozuvlarda beriladi. Mohir pedagog tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsad qo’yadi. Rejani quyidagi tartib asosida tuzish mumkin: nima qilmoq kerak, kim tomonidan, muddati.
Pedagogik ta’sirni aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
O’quvchilarning ijtimoiy-g’oyaviy tayyorgarligi, ularning Respublikamiz hayotiga qiziqishi.
O’quvchilarning ijtimoiy faolligi.
O’quvchilarning o’qishga, bilim olishga munosabati.
O’quvchilarning mehnatga bo’lgan munosabati.
O’quvchilarning o’zaro munosabatlari, boshqalarni hurmat qilishlari.