153
M – nazariy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan
logistik xizmat
ko‘rsatishni miqdoriy baholash;
m – logistik xizmat ko‘rsatish hajmining haqiqiy miqdoriy baholanishi.
Logistik xizmat ko‘rsatish darajasini baholash uchun xizmat turlarining eng
ahamiyatlisi tanlab olinadi, ya’ni ularni ko‘rsatilishi ko‘pgina
harajatlar bilan
bo‘g‘liq bo‘lib, xizmat ko‘rsatmaslik esa bozordagi jiddiy zararlar bilan
bo‘g‘liqdir. Ushbu ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishning
ikki xil variantini
keltiraylik.
Variant 1. Misol tariqasida ma’lum rusumdagi avtomobillarga ehtiyot
qismlar bilan savdo qiladigan ulgurji korxonani olib ko‘raylik.
Aytaylik,
avtomobillar uchun ehtiyoj qismlarining ushbu rusumi uchun ro‘yxati 2000 ta turni
tashkil etsin, hamda ulardan korxonada doimiy ravishda 500 turi mavjud bo‘lsin.
U holda xizmat ko‘rsatish darajasini ehtiyot qismlar turlarining eng yuqori
darajadigi mumkin bo‘lgan qismining haqiqatda sotuvda bo‘lgan
turlari
o‘rtasidagi nisbatlar shaklida hisoblab chiqarish mumkin.
η = 500 / 2000 x 25%
Ushbu ko‘rsatkichning ahamiyatini oshirish uchun zahiralarni oshirish
munosabati bilan qo‘shimcha harajatlarga yo‘l qo‘yish,
boshqarish tizimini
takomillashtirish, shuningdek qator boshqa sabablarni qo‘llash mumkin. Boshqa
tomondan esa, bizning misolimizda xizmat ko‘rsatish, darajasining oshirilishi
tovar ro‘yxatini kengaytirishni bildiradi.
Variant 2. Xizmat ko‘rsatish darajasini
shuningdek logistik xizmat
ko‘rsatish jarayonida haqiqatda amalga oshirilgan xizmatlar uchun sarflangan
vaqtning ushbu tovarlarni yetkazib berish uchun kompleks xizmat ko‘rsatish
umumiy jarayonlariga sarflangan vaqt bilan taqqoslash yo‘li
bilan ham baholash
mumkin.
Hisoblashlarni quyidagi formula asosida bajarish mumkin:
Dostları ilə paylaş: