104
b) zanglash va boshqalar;
v) inventarizatsiya natijasidagi yo‘qotishlar;
g) o‘g‘rilik;
d) narxlar tushishi natijasidagi yo‘qotishlar;
e) zahiralarni sug‘urtalash harajatlari.
Shuning uchun, bu tizim nisbatan noqulayroq bo‘lib, faoliyatni doim
nazorat qilishni hamda uni optimallashtirish yo‘llarini topishini talab qiladi.
Ishlab chiqarishni materiallar bilan ta’minlashda yetkazib beruvchi firmalar
bilan shartnomalar tuzish tizimi o‘zini oqladi. Bu tizim XX asrning 70 - yillari oxiri
80 - yillari boshida ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda faoliyat yuritish bo‘limlari
nisbatan kamroq. Bu tizim iste’molchi va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi
munosabatni, yuqorida aytib o‘tilgandan ham qisqaroq yo‘llar bilan amalga
oshiradi. Yuklar birdaniga ishlab chiqaruvchiga emas, balki birinchi navbatda
ulgurji savdo kompaniyasiga kelib tushadi. Bu kompaniya o‘zining bir necha yirik
omborlariga
ega
bo‘lib,
asosan xomashyolarni iste’molchi - ishlab
chiqaruvchilarga tez yetib borishini ta’minlaydi.
Bu tizim oldingisiga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Birinchi o‘rinda
ma’muriy harajatlarni kamaytiradi. Shartnomalar tizimi muzlatilgan kapitalni
bo‘shatib yuborishga sharoit yaratadi. Iste’molchiga eng qulay tomoni, u istagan
paytda o‘zining omboridan voz kyechishi mumkin. Ulgurji savdo kompaniyalari
ham turli xil xizmatlari bilan iste’molchilarni o‘zlariga jalb qilishlari mumkin.
Bu tizimning eng qulay tomon tezkor tovarlar yetkazib berishni ham tashkil
qilish mumkinligidir. Katta assortimentdagi tovarlarni saqlovchi ombor xo‘jaligi
24 soatda iste’molchiga kerakli tovarni yetkazib berishi mumkin. GFR ning
tajribasiga ko‘ra, xususiy omborlar talabning 50 - 60 %ini qondirishi mumkin.
Vositachi firma omborlari esa talabning 90 %gacha bo‘lgan qismini qondirish
mumkin.
D- hujjatlar oqimi, M- materiallar oqimi.
Dostları ilə paylaş: