26
2-bob
LOGISTIKA KURSINING PREDMETI VA VAZIFASI
2.1. Logistikaning vujudga kelishi va uning predmeti
Logistika - yangi mustaqil fan sohasi. U 60 - yillardan boshlab rivojlanib
kelgan. 60 - yillarda marketing konsepsiyasidan
bir necha muammolar ajralib
chiqdi. Bu muammolar - ishlab chiqarish jarayonini xomashyo bilan ta’minlash
muammolari. Bu muammolarning ajralib chiqish sababi ishlab chiqarish,
zahira
saqlash va tashish harajatlarining sezilarli darajada o‘sib ketishidir. Bundan
tashqari, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari sonining ko‘payishi,
korxonalararo xo‘jalik aloqalarini ixchamlashtirishni talab qiladi.
Bu yerda asosiy muammo ilmiy tadqiqot
mavzui - xomashyo va
mahsulotlarning taqsimlanishi va harakati. Shu muammo logistika konsepsiyasi
tashkil qilinishining asosiy sababi bo‘lgan.
Jamiyatning yashash asosi ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarishning asosi
-
xomashyo, tabiiy resurslar. Inson uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar ishlab
chiqarish orqali vujudga keladi (kiyim - kechak, oziq - ovqat va boshqalar).
Korxonalar uzluksiz ish olib borishi uchun o‘z
vaqtida xomashyo bilan
ta’minlanib turilishi, tayyor mahsulot iste’molchilarga o‘z
vaqtida yetib borishi
zarur. Korxonalarning xomashyo bilan ta’minlanishi, tayyor mahsulot
korxonalardan chiqib, iste’molchilarga yetib kelish
jarayonlari logistika fani
tomonidan o‘rganiladi. Bu logistika fanining asosiy predmeti hisoblanadi. (1-
chizma)
Dostları ilə paylaş: