18
iqtisodiyotni o‘ta markazlashgan tarzda rejalashtirish va
boshqarish natijasida sovet
iqtisodiyotining yirik muammo va inqirozlaridir.
Darhaqiqat, sovet davridagi butun davlat va siyosat hukumatini o‘z qo‘liga
olgan va qotib qolgan qoidalardan bir qadam ham chetga chiqmagan partiya
hukumatining aqidaparastligini tan olish kerak. Aynan
shu sababli bir paytlar
ko‘ngildagidek ishlagan rejali tizim chok-chokidan so‘kildi va yaroqsiz holga kelib
qoldi. Bundan tashqari, mintaqa va tarmoqlar, korxona va tashkilotlar, barcha xo‘jalik
subyektlarining erkinligini cheklab qo‘yuvchi turli
xil markazlashgan buyruq va
ko‘rsatmalar, nazorat raqamlari va limitlar ham xalaqit bergan.
Shu bilan bir paytda korxona uchun uning faoliyatini qaysi organ - reja bo‘limi
yoki boshqa iqtisodiy bo‘lim va xizmatning rejalashtirishi va bashorat qilishining
ahamiyati yo‘q. Rejalashtirish sifati va mezonlar muhim bo‘lib, ularga ko‘ra korxona
faoliyati baholanadi va bozor sharoitlarida uning barqarorligi ta‘minlanadi. Shu
sababli bozor rejalashtirishni umuman tan olmaydi deyish noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Aksincha, raqobatli kurash sharoitlarida ishlab chiqaruvchilar va ta‘minotchilar o‘z
faoliyatini sinchiklab rejalashtirishlari zarur. Bozor
mexanizmi subyektiv omillar
asosiy rolni o‘ynovchi resurslarni markazlashgan tarzda taqsimlashga qaraganda
qattiq va jiddiyroq hisoblanadi. Bozor sharoitlarida
rejalashtirishga qarshi
bo‘lganlarni «tog‘ora bilan birga chaqaloqni ham tashlab yuboradi» deyish mumkin.
Shu sababli avvalgi paytlarda turli xil buyruqlar, nazorat raqamlari va limitlarga
asoslangan rejalashtirishni, samarali va oqilona faoliyat ko‘rsatishning
majburiy
vositasi bo‘lgan rejalashtirish bilan adashtirmaslik kerak. U xorijda ham to‘liq bekor
qilinmagan. Masalan, Italiyaning «Fiat» kontserni 1970 yildan boshlab tasdiqlangan 3
yillik rejalar bo‘yicha, 1988 yildan esa 5 yillik rejalar bo‘yicha ishlamoqda.
Kontsernning besh yillik rejalari joriy va tezkor-ishlab chiqarish rejalari bilan bog‘liq
bo‘lib, besh yillik rejaning har bir yili yakunidan so‘ng o‘tgan yil davomida
erishilgan amaliy natijalarni hisobga olgan holda unga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Chet el tajribalarining hammasidan ham mamlakatimizda
foydalanish lozim
bo‘lmasada, biroq rejalashtirishning roli muhimligi aslohida isbot talab qilmaydi.
Aynan rejalashtiirsh va bashorat qilish
Dostları ilə paylaş: