153
IZOHLI LU/AT Aylanma mablag’lar – ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o’zlashtirish xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag’larining pul shaklida ifodalanishi. Balans - biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo’li bilan tavsiflanuvchi ko’rsatkichlar tizimi. Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha tur- laridan olinuvchi umumiy foyda miqdori. Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o’z majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni mablag’lar yo’qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha. Qoidaga ko’ra, korxonani yopish yoki majburan tugatish hamda mol- mulkini qarzlarni to’lash uchun sotib yuborishga olib keladi. Bashorat qilish - kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan turli hodisa va jarayon- larni statistik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa turdagi tadqiqotlar yordamida ilmiy asoslangan holda avvaldan aytib berish. Biznes - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida subyektning ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo’li bilan foyda olishga mo’ljallangan iqtisodiy faoliyati. Biznes-reja - korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o’z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining muayyan maqsadlariga er- ishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi. Marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.